2026-yilda O‘zbekiston ikkita xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi
2025-yil 13-iyul kuni Fan olimpiadalari markazi tomonidan 57-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2025) doirasida navbatdagi — 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi (IChO 2026)ga O‘zbekistonning mezbonlik qilishi bo‘yicha rasmiy taqdimot o‘tkazilgandi.
Unda 2026-yilda 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi belgilangan.
Shuningdek, joriy yil 3-avgust kuni Boliviyaning Sukre shahrida yuqori saviyada tashkil etilgan 37-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2025) doirasida ham 2026-yilda 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qilishi belgilangandi.
Umuman olganda, 2025-yilgacha bo‘lgan raqamlarga to‘xtaladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning Xalqaro fan olimpiadasi natijalari 2017-yil bilan solishtirilganda 14 barobarga oshganini ko‘rish mumkin.
Misol uchun, 2025-yilda o‘quvchilar 29 ta xalqaro olimpiadada 210 ta medalni qo‘lga kiritdi, shundan 40 tasi oltin, 78 tasi kumush, 92 tasi bronzani tashkil etdi.
Avvalgi natijalar tahlili bilan solishtirilganda, xalqaro fan olimpiadalarida 2019-yilda — 30 ta, 2020-yilda — 25 ta, 2021-yilda — 45 ta, 2022-yilda — 41 ta, 2023-yilda — 96 ta, 2024-yilda — 128 ta medal qo‘lga kiritilganligini ko‘rish mumkin.
Joriy yilda o‘quvchilar tomonidan fan olimpiadalari tarixida yangi natija qayd etildi: Birlashgan Arab amirliklarida bo‘lgan xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, Boliviyada bo‘lgan xalqaro informatika olimpiadasida — ilk kumush bilan taqdirlandi.
Shuningdek, o‘quvchi qizlar ilk marta Yevropa qizlar matematika olimpiadalarida qatnashib, 3 ta (1 ta kumush, 2 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekistonlik o‘quvchilar joriy yilda Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Al-Xorazmiy nomidagi Xalqaro matematika va informatika olimpiadasida 50 ta (7 ta oltin, 13 ta kumush, 30 ta bronza), Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasida 19 ta medal (6 ta oltin, 8 ta kumush, 5 ta bronza) bilan yakka peshqadam sifatida tan olindi.
Joriy yilda o‘quvchilari eng nufuzli xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (2 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza), xususan:
- Birlashgan Arab amirliklarida 96 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro kimyo olimpiadasida — 2 ta oltin, 2 ta kumush;
- Avstraliyada 105 davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida — 4 ta kumush, 1 ta bronza;
- Boliviyada 90 dan ortiq davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro informatika olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza;
- Parij shahrida 96 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro Fizika olimpiadasida — 2 ta bronza;
Xalqaro olimpiadalarda 13 ta medal (8 ta kumush, 3 ta bronza), xususan:
- Iordaniyada 62 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro ingliz tili olimpiadasida — 7 ta kumush (5 ta kubok);
- Tailandda 50 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro geografiya olimpiadasida — 2 ta bronza;
- Boku shahrida 42 ta davlat ishtirokida o‘tkazilgan Xalqaro iqtisod olimpiadasida — 1 ta kumush, 1 ta bronza, shuningdek, 14 ta mintaqaviy olimpiadada umumiy hisobda 138 ta (27 ta oltin, 41 ta kumush, 70 ta bronza) medalni qo‘lga kiritdi.
Taqdirlash marosimida eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
- oltin medal sohibiga — 1 mlrd. 30 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 185,4 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga — 618 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 103 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga — 412 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 61,8 mln. so‘m
- xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
- oltin medal sohibiga — 61,8 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 20,6 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga — 41,2 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 14,42 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga — 20,6 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 12,36 mln. so‘m.
Mintaqaviy xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
- oltin medal sohibiga — 4,944 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 20,6 mln. so‘m;
- kumush medal sohibiga — 3,296 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 14,42 mln. so‘m;
- bronza medal sohibiga — 2,472 mln. so‘m, o‘qituvchisiga — 12,36 mln. so‘m berildi.
Bundan tashqari, o‘quvchini olimpiadalarga tayyorlagan o‘qituvchining malaka toifasi bir pog‘onaga ko‘tariladi, mintaqaviy xalqaro olimpiada g‘oliblari hamda asosiy olimpiadaning respublika bosqichi g‘oliblari keyinchalik ta’lim muassasalarida o‘qituvchi bo‘lib g‘olib bo‘lgan fanidan dars bergan taqdirda, lavozim maoshiga 100 foiz har oylik ustama oladi.
Ma’lumot uchun: joriy yilda xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari, ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat budjetidan jami 12 mlrd 424 mln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilgan (2019-yilgi 780 mln so‘mdan qariyb 17,5 barobarga ko‘p).
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Davlat oliygohlariga hujjat topshiruvchilar soni tobora kamayib boryapti
Jazirama issiqdan xodimlarni himoya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar aytildi
Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Kolumbiyada bo‘lib o‘tgan nufuzli 56-Xalqaro fizika olimpiadasida (IPhO 2026) qatnashgan yosh fiziklar tarixda birinchi martda 2 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi.
Yangiliklar
Xalqaro biologiya olimpiadasidan chetlatilgan Oʻzbekiston endi ikkita nufuzli olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda Oʻzbekiston bir vaqtning oʻzida eng nufuzli fan olimpiadalaridan sanaluvchi Xalqaro kimyo olimpiadasi va Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Yangiliklar
O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi
Olimpiadada 96 dan ortiq davlatdan 400 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. O‘zbekiston tarixida xalqaro fan olimpiadalarini qabul qilish bo‘yicha muhim voqea hisoblanadi.
Yangiliklar
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
2025-yilda xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 13 mlrd so‘m pul mukofoti topshirildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang