Jazirama issiqdan xodimlarni himoya qilish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralar aytildi
Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni jazirama issiq sharoitida xodimlarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida kechiktirib bo‘lmaydigan majburiy choralarni ko‘rishga chaqirdi.
Qayd etilishicha, ish beruvchilar ishning eng issiq vaqtlarida, odatda soat 11:00 dan 16:00 gacha bo‘lgan davrda ochiq havodagi ishlarni qisqartirishi yoki vaqtincha to‘xtatishi, shuningdek, aynan shu vaqtda og‘ir jismoniy mehnatni cheklashi yoki to‘xtatishi lozim.
Shuningdek, xodimlar uchun toza va salqin ichimlik suvi doimiy ravishda hamda yetarli miqdorda mavjud bo‘lishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan xodimlar ishga qo‘yilmasligi, qulay salqin yoki soyali dam olish joylari tashkil etilib, ularga muntazam dam olish imkoniyati yaratilishi talab etiladi.
Bundan tashqari, ish beruvchilar xodimlarni yengil, havo o‘tkazuvchi va issiqdan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar bilan ta’minlashi, issiq urishi va suvsizlanish belgilari, ularning oldini olish hamda bunday holatlarda birinchi yordam ko‘rsatish tartibi bo‘yicha barcha xodimlarni o‘qitishi zarur.
Davlat mehnat inspeksiyasi sog‘lig‘i yomonlashgan xodimga zudlik bilan birinchi yordam ko‘rsatilishi shartligini ham alohida ta’kidladi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
Yangiliklar
Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopiladi
2026-yil 14 - 17-iyul kunlari viloyatdagi barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Ta'lim siyosati
SSV jaziramadan ogohlantirmoqda, maktablarda esa “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda
SSV yosh bolalar ham issiqlik ta’siriga nisbatan zaif hisoblanishini ta’kidlab, salqin joyda bo‘lish, yetarli suv ichish kerakligini aytmoqda. Biroq barcha hududlarida maktablar faoliyati to‘xtatilmay, “Dolzarb 90 kun” tadbirlari davom etmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang