Top.Mail.Ru
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi

Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi

17:02 / 21.07.2026 721

Anomal issiq kuzatilayotgan kunlarda bolalarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim hududlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilgandi.


Keyinroq Advokat Saydali Muxtoraliyev Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi vaqtinchalik yopilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga ish haqi qaysi tartibda to‘lanishiga aniqlik kiritishi kerakligini aytgandi.


Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan. Ko‘rsatmada ta'kidlanishicha, Mehnat kodeksi 266-moddasiga asosan ish beruvchiga va xodimga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda hisoblangan tarif stavkasining (maoshining) kamida uchdan ikki qismi miqdorida haq toʻlanishi koʻrsatib oʻtilgan.


Shu sababli, vazirlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hamda viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘'cha xodimlariga ish haqini toʻliq toʻlab berish bo‘yicha ko‘rsatma bergan.