Anomal issiq sabab vaqtincha yopilgan bog‘chalardagi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Anomal issiq kuzatilayotgan kunlarda bolalarning salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida ayrim hududlarda davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati vaqtinchalik to‘xtatilmoqda.
Bu holat bog‘cha xodimlarining oylik maoshiga qanday ta’sir qiladi degan muhim savolni yuzaga chiqarmoqda: Xo‘sh, vaqtinchalik yopilgan bog‘chalarda ishlovchi xodimlarga ish haqi qanday to‘lanadi?
Mazkur masalaga advokat Saydali Muxtoraliyev huquqiy izoh berdi. Uning ta’kidlashicha, avvalo bekor turib qolishning sababi qanday baholanishi muhim ahamiyatga ega. Chunki Mehnat kodeksining 266-moddasida bunday holatlar uchun turli tartiblar belgilangan.
Mazkur moddaning birinchi qismiga ko‘ra, agar ish beruvchining aybi bilan iqtisodiy, texnologik, texnik yoki tashkiliy sabablarga ko‘ra ish vaqtincha to‘xtatilgan bo‘lsa, bekor turib qolingan davr uchun xodimga o‘rtacha ish haqi miqdorida haq to‘lanadi.
Shuningdek, moddaning ikkinchi qismida ish beruvchiga ham, xodimga ham bog‘liq bo‘lmagan sabablarga ko‘ra bekor turib qolingan vaqt uchun bekor turib qolingan davrga mutanosib ravishda tarif stavkasi (lavozim maoshi)ning kamida uchdan ikki qismi miqdorida ish haqi to‘lanishi belgilangan.
Demak, bog‘chalarning anomal issiq sabab vaqtinchalik yopilishi qaysi toifaga kirishi hal qiluvchi omil hisoblanadi.
Agar bog‘cha faoliyatining to‘xtatilishi ish beruvchining aybi bilan yuzaga kelgan deb baholansa, masalan, binoda salqinlantirish yoki sovutish tizimlari kabi zarur sharoitlar yaratilmaganligi sababli faoliyat to‘xtatilgan bo‘lsa, xodimlarga Mehnat kodeksining 266-moddasi birinchi qismi asosida o‘rtacha ish haqi to‘liq to‘lanishi kerak bo‘ladi.
Biroq vaqtinchalik yopilish ish beruvchi ham, xodim ham ta’sir qila olmaydigan holatlar, masalan, bolalarni bog‘chaga olib kelish va olib ketish jarayonida yuzaga keladigan jazirama issiq xavfi bilan izohlansa va bunda ish beruvchining aybi mavjud bo‘lmasa, Mehnat kodeksining 266-moddasi ikkinchi qismi qo‘llanilishi mumkin.
Bunday vaziyatda xodimlarga lavozim maoshining kamida uchdan ikki qismi miqdorida ish haqi to‘lanadi. Bu esa amalda bog‘cha xodimlarining daromadi sezilarli darajada kamayishiga olib kelishi mumkin.
Shu sababli har bir holatda bog‘chalarning vaqtinchalik yopilishiga nima sabab bo‘lgani, ya’ni ish beruvchining aybi bor yoki yo‘qligi huquqiy jihatdan aniq baholanishi muhim hisoblanadi.
Advokat Saydali Muxtoraliyevning fikricha, ushbu masala yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi rasmiy munosabat bildirib, vaqtinchalik yopilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xodimlariga ish haqi qaysi tartibda to‘lanishiga aniqlik kiritishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Ko‘zi ojiz pedagoglar uchun muhim yangilik: endi har bir o‘qituvchiga alohida shaxsiy assistent biriktiriladi
1-sinflar uchun “Prezident sovg‘asi”ni hududlarga tarqatish boshlandi, maktablarga qachon yetkaziladi?
Bolalarga avtomobilni boshqarishga berganlik uchun alohida javobgarlik belgilanmoqda
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Yangiliklar
Anomal issiq sababli yopilgan bog‘cha xodimlarining ish haqi toʻliq toʻlab beriladi, ota-onalardan ham to‘lov undirilmaydi
Ma’lum bo‘lishicha, bekor turib qolingan vaqtga mutanosib ravishda bog‘cha xodimlarga ish haqini toʻliq toʻlash bo‘yicha ko‘rstma berilgan.
Yangiliklar
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
O‘zbekistonda kuzatilayotgan anomal issiq tufayli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini vaqtincha to‘xtatish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang