Top.Mail.Ru
O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

O‘zbekiston ilk bor Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qiladi

10:11 / 30.06.2026 115

Joriy yilning 10–19-iyul kunlari Toshkent shahrida 58-Xalqaro kimyo olimpiadasi (International Chemistry Olympiad – IChO 2026) bo‘lib o‘tishi kutilyapti. Mazkur olimpiada Markaziy Osiyo tarixida ilk bor O‘zbekiston mezbonlik qilmoqda.


Xalqaro kimyo Olimpiadasining ochilish marosimi Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida bo‘lib o‘tadi. Yopilish va taqdirlash marosimi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston Respublikasi xalqaro mehmonlar hamda ishtirokchi davlatlarning diplomatik vakillari ishtirok etadi.


Olimpiadada 96 dan ortiq davlatdan 400 nafarga yaqin iqtidorli o‘quvchilar ishtirok etishi kutilmoqda. Xalqaro kimyo olimpiadasida har bir ishtirokchi mamlakat 4 nafardan o‘quvchi bilan qatnashadi.


Birinchi Xalqaro kimyo olimpiadasi 1968-yilda Chexoslovakiyaning Praga shahrida boʻlib oʻtgan. Oʻsha vaqtdan buyon olimpiada har yili oʻtkaziladi. Dastlabki tadbirlarda qatnashgan delegatsiyalar asosan sobiq Sharqiy blok mamlakatlari boʻlgan. O‘zbekiston terma jamoasi ushbu olimpiadada 2013-yildan buyon qatnashib keladi.


Musobaqa ikki bosqichdan iborat bo‘ladi. Nazariy bosqich 5 soat davom etadi va unda ishtirokchilar organik, noorganik, fizik hamda analitik kimyo yo‘nalishlaridagi murakkab masalalarni yechadi. Amaliy bosqich esa laboratoriya sharoitida o‘tkazilib, ishtirokchilar turli tajribalarni bajarish, natijalarni tahlil qilish hamda laboratoriya xavfsizligi qoidalariga rioya qilish bo‘yicha baholanadi. 


Olimpiada yakunida ishtirokchilar 100 ballik tizim asosida natija qayd etadi. Oʻquvchilar imtihonlarni oʻzlari xohlagan tillarga tarjima qilingan holda oladilar. Imtihonlarni ishtirokchilarga topshirishdan oldin ularni ingliz tilidan tarjima qilish murabbiylarning vazifasi hisoblanadi. Imtihonlar mezbon davlat tomonidan tayinlangan komissiya tomonidan baholangandan soʻng va mukofotlar topshirilgunga qadar, murabbiylar imtihonlarni baholashda adolatni taʼminlash uchun qoʻmita hakamlari bilan imtihonlarni baholashni muhokama qiladilar. 


Murabbiylar imtihon materiallarini ishtirokchilarga topshirishdan oldin koʻrib chiqqanligi sababli, ikkala imtihon tugagunga qadar murabbiylar va o‘quvchilar oʻrtasida har qanday muloqot qatʼiyan man etiladi va o‘quvchilar har qanday mobil telefon va noutbuklarni tashkilotchiga topshirishlari shart.


So‘nggi yillarda o‘zbekistonlik o‘quvchilar yuqori natijalarni qayd etmoqda. Xususan, 2024-yilda terma jamoa 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2025-yilda 2 ta oltin va 2 ta kumush medal bilan musobaqani yakunladi.


Umuman, O‘zbekistonning xalqaro fan olimpiadalaridagi natijalari ham yildan yilga yaxshilanib boryapti. 2019-yilda o‘zbekistonlik o‘quvchilar xalqaro fan olimpiadalarida 30 ta medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2020-yilda bu ko‘rsatkich 25 tani, 2021-yilda 45 tani, 2022-yilda 41 tani, 2023-yilda 96 tani, 2024-yilda esa 128 tani tashkil etdi. 2025-yilgacha bo‘lgan natijalar 2017-yil bilan taqqoslaganda qariyb 14 barobarga oshgan.

58-Xalqaro kimyo olimpiadasining Toshkent shahrida o‘tkazilishi O‘zbekiston tarixida xalqaro fan olimpiadalarini otkazish bo‘yicha muhim voqea hisoblanadi. Shu bilan birga, ushbu musobaqa Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor o‘tkazilayotgan Xalqaro kimyo olimpiadasi tarixiga ham kiradi.


Nufuzli olimpiadaga mezbonlik qilish O‘zbekistonga nima beradi?


Xalqaro kimyo olimpiadasiga mezbonlik qilish uchun olimpiada o‘tkaziladigan mamlakatda zamonaviy laboratoriyalar, xalqaro standartlarga javob beradigan infratuzilma, malakali ekspertlar va yirik xalqaro tadbirlarni tashkil etish tajribasi bo‘lishi talab etiladi. Shu bois IChO 2026'ning O‘zbekistonda o‘tkazilishi mamlakatning bunday tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish imkoniyatiga ega ekanini ko‘rsatadi.


Olimpiada davomida dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan o‘quvchilar, jamoa rahbarlari, professorlar va xalqaro ekspertlar Toshkentga tashrif buyuradi. Bu esa O‘zbekistonning ta’lim va ilm-fan sohasidagi imkoniyatlarini xalqaro auditoriyaga namoyish etish imkonini beradi. 


Shuningdek, IChO kabi yirik olimpiada tadbirlarini muvaffaqiyatli tashkil etish kelgusida boshqa xalqaro fan olimpiadalari yoki ilmiy tadbirlarni O‘zbekistonda otkazish imkoniyatlarini kengaytirishi mumkin.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Xalqaro olimpiada

Ulashish