Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi
Bugun Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘ka tuman sudida 2025-yil sentabr oyida Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarining ommaviy zaharlanishi bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ochiq sud jarayoni yakunlandi. Bu haqda Oliy sud Axborot xizmati xabar berdi.
Sud hukmiga ko‘ra, 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Sud hukmiga muvofiq, “Shark Milk Product” MCHJ direktori R.O., bosh texnologi A.S. hamda texnologi R.X.ga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Shuningdek, “Shark Milk Product” MCHJ ta’sischisi va savdo bo‘limi menejeri S.S., ta’sischisi va direktor o‘rinbosari F.O. hamda texnolog yordamchisi M.N.ga 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi.
Bundan tashqari, “Governess Business” MCHJ direktori J.X., “Innavation Outsourcing Servise” MCHJ direktori I.S., “Nishon invest” MCHJ direktori B.R., “Kinder Garden Group” MCHJ direktori F.D. hamda “Shark Milk Product” MCHJ laboranti D.Q.ga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Sud hukmi bilan barcha sudlanuvchilarga Jinoyat kodeksining 45-moddasiga asosan muayyan huquqlardan mahrum qilish jazosi ham qo‘llanildi.
Xabarda birinchi instansiya sudi hukmi ustidan taraflar qonunchilikda belgilangan tartib va muddatlarda Toshkent viloyat sudining apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasiga shikoyat berish hamda protest keltirish huquqiga ega ekanligi eslatib o‘tilgan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jinoyat ishi 2025-yil sentabr oyida Toshkent viloyatining Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on, Piskent va Quyi Chirchiq tumanlaridagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ommaviy zaharlanishi holatlari yuzasidan qo‘zg‘atilgan edi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi
Davlat bog‘chalari anomal issiq tufayli birin-ketin yopilmoqda
Vazirlik xususiy ta’lim tashkilotlariga kameralar o‘rnatish majburiy ekanligini eslatdi
Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopiladi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda
Bolalar ombudsmani 1,3,5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, monitoring o‘rganishi o‘tkazdi.
Yangiliklar
Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi
24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi.
Yangiliklar
Yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi
Jizzax viloyatining Forish tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani ma’lum bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang