Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi
Ohangaron shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi dorini ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi. Holat bo‘yicha Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi bog‘cha oshxonasida hasharotlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan BSM vositasini ichib qo‘ygan. Bola zudlik bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan bo‘lsa-da, shifokorlarning ko‘rsatgan yordamiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning buvisi mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida autsorsing tashkiloti xodimi sifatida oshpaz bo‘lib ishlagan. Hodisa bola buvisining yoniga, oshxonaga kirgan vaqtda yuz bergani aytilmoqda.
Ayni paytda mazkur ma’lumotlar asosida hodisaning barcha tafsilotlari vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda. Xususan, tarbiyalanuvchining oshxonaga qanday kirgani, hasharotlarga qarshi vosita nima sababdan bola bemalol qo‘li yetadigan joyda bo‘lgani, mazkur vositani saqlash va undan foydalanish uchun kim mas’ul ekani kabi masalalarga aniqlik kiritilmoqda.
“Bola hayotiga zomin bo‘lgan hodisaning biror jihati e’tibordan chetda qolmaydi. Tergov ishlari davom etmoqda, aybdorligi aniqlangan shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘riladi.”, - deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalarining birida ishlovchi ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari milliy sertifikat imtihonida nega 90 ta test topshiradi?
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Maktab va texnikumlarda nemis tilidan dars berish uchun xorijdan 500 nafar “til egasi” olib kelinadi
Prezident qarori bilan tashkil etilgan Psixologiya ilmiy-tadqiqot institutiga rahbar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Farg‘ona shahridagi 2-, 7- va 47-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida kasallanish holatlari kuzatilgani ma’lum qilindi. Bolalarda tana haroratining ko‘tarilishi, qorin og‘rig‘i, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi alomatlar kuzatilgan.
Yangiliklar
Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi
Sud hukmiga ko‘ra, 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi.
Yangiliklar
Jizzaxdagi bog‘chada zaharlangan bolalardan 4 nafari shifoxonada qolmoqda
Bolalar ombudsmani 1,3,5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bo‘lib, monitoring o‘rganishi o‘tkazdi.
Yangiliklar
Bog‘cha bolalari ommaviy zaharlandi, vazir holatni shaxsan nazoratga oldi
24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani haqida xabar tarqaldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang