Top.Mail.Ru
Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Bog‘cha tarbiyalanuvchi hasharotlarga qarshi dori ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi

14:22 / 28.09.2026 251

Ohangaron shahridagi 6-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi hasharotlarga qarshi dorini ichib qo‘yishi oqibatida vafot etdi. Holat bo‘yicha Toshkent viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.


Ma’lum bo‘lishicha, 2023-yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi bog‘cha oshxonasida hasharotlarga qarshi kurashishda foydalaniladigan BSM vositasini ichib qo‘ygan. Bola zudlik bilan Ohangaron shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilgan bo‘lsa-da, shifokorlarning ko‘rsatgan yordamiga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.


Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bolaning buvisi mazkur maktabgacha ta’lim tashkiloti oshxonasida autsorsing tashkiloti xodimi sifatida oshpaz bo‘lib ishlagan. Hodisa bola buvisining yoniga, oshxonaga kirgan vaqtda yuz bergani aytilmoqda.


Ayni paytda mazkur ma’lumotlar asosida hodisaning barcha tafsilotlari vakolatli organlar tomonidan o‘rganilmoqda. Xususan, tarbiyalanuvchining oshxonaga qanday kirgani, hasharotlarga qarshi vosita nima sababdan bola bemalol qo‘li yetadigan joyda bo‘lgani, mazkur vositani saqlash va undan foydalanish uchun kim mas’ul ekani kabi masalalarga aniqlik kiritilmoqda.

“Bola hayotiga zomin bo‘lgan hodisaning biror jihati e’tibordan chetda qolmaydi. Tergov ishlari davom etmoqda, aybdorligi aniqlangan shaxslarga nisbatan qonun doirasida chora ko‘riladi.”, - deyiladi rasmiy bayonotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namangan viloyatidagi davlat bog‘chalarining birida ishlovchi ombor mudiri 5 yoshli tarbiyalanuvchi bilan bog‘liq jinsiy zo‘ravonlik holati yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • Пищевое отравление

Поделиться

line

Тематические новости

Новости

Bog‘chalardagi ommaviy zaharlanish ishi: 11 nafar ayblanuvchiga sud hukmi o‘qildi

Sud hukmiga ko‘ra, 11 nafar sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan sanitariyaga oid qonunchilikni yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyatini sodir etganlikda aybdor deb topildi.

14:44 / 14.07.2026
Новости

Четверо детей, отравившихся в детском саду в Джизаке, остаются в больнице.

Детский омбудсман посетил государственные дошкольные образовательные организации No1,3,5 и 7 и провел мониторинг.

11:16 / 11.10.2025
Новости

Дети детского сада подверглись массовому отравлению, министр лично взял ситуацию под контроль.

24 сентября распространилась информация о пищевом отравлении воспитанников нескольких дошкольных образовательных организаций в Пскентском и Букинском районах Ташкентской области.

22:06 / 25.09.2025
Новости

Yana bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

Jizzax viloyatining Forish tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1, 3, 5 va 7-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasalarining 3 yoshdan 7 yoshgacha bo‘lgan 37 nafar tarbiyalanuvchilari ovqatdan zaharlangani ma’lum bo‘ldi.

11:12 / 10.10.2025