Farzandini maktabga yubormagan 12 mingdan ziyod ota-ona jarimaga tortilgan
11:42 / 21.02.2024
4.67k
6 million o‘quvchidan 14 ming nafardan ziyodi muttasil ravishda darsga kelmayotgani aniqlangan. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarilgan. 5 ming nafar o‘quvchi bo‘yicha ham o‘rganish ishlari olib borilyapti.
O‘zbekistonda ba’zi ota-onalar farzandini xorijga olib chiqib ketishi yoki ularni nazoratsiz qoldirishi oqibatida maktabga muttasil bormaydigan o‘quvchilar qatlami shakllangan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi boshqarma boshlig‘i Azamat Kamolov Gazeta.uz muxbiriga ma’lum qildi.
Azamat Kamolov Foto: AOKA
“O‘zbekistonda umumiy o‘rta ta’lim majburiy ta’lim hisoblanadi. Biz surunkali dars qoldiruvchi o‘quvchilar bo‘yicha o‘rganishlar olib borganimizda ayrim ota-onalar “uch kunlik safar”, “davolanishga ketyapmiz» degan turli sabablarni ko‘rsatib, farzandini xorijga olib chiqib ketgan holatlar aniqlandi. Oqibatda bola surunkali ravishda maktabga kelmagan… Farzandini dars vaqtida maktabga emas, ishlashga jalb qilayotgan ota-onalar ham yo‘q emas. Shuningdek, ota-ona nazorat qilmasligi oqibatda uydagilarga “maktabga ketdim”, deb internet-kafe yoki boshqa ko‘ngilochar joylarda vaqt o‘tkazadigan o‘quvchilar borligi ham aniqlanmoqda”, dedi u.
Vazirlik vakili ta’lim sifatidan qoniqmay, maktabga emas, repetitorga borayotgan yoki sinfxonalar sovuqligi, yo‘llarning abgor ahvoldaligi sabab darslarda ishtirok etmayotgan o‘quvchilar haqidagi savolga quyidagicha javob bergan:
“Repetitorga, asosan, 10−11-sinf o‘quvchilari xorijiy tillarni o‘rganish yoki oliy o‘quv yurtiga kirishda bo‘ladigan test sinovlariga doir fanlardan tayyorlanishga boryapti. To‘g‘ri, o‘quvchilarning maktabga muntazam kelishi, davomatning yaxshi bo‘lishi ta’lim sifatiga va jozibadorlikka ham bog‘liq. Bugungi kunda ta’lim sifatini yaxshilash borasida ishlar qilinmoqda. Maktablarda ham ingliz tili darslari o‘tilyapti. Lekin o‘quvchi ota-onaning mablag‘ini olib, o‘quv markaziga borib, qo‘shimcha o‘rganyapti. Mana shu kabi muammolarni hal qilish uchun o‘tgan yili 500 nafar xorijiy til mutaxassislari chet eldan keltirildi. Ular Respublika bo‘ylab turli maktablarda xorijiy tilni o‘qitmoqda, barchasining yashash joyi, maoshi davlat tomonidan qoplanmoqda. 2024−2025 o‘quv yilidan boshlab chet tilini o‘rgatish uchun xorijdan yana 1,5 ming nafar malakali mutaxassis olib kelinadi. Bu esa o‘quvchilarning o‘quv markazlariga borishining oldini oladi. Davlat maktablarda umumiy o‘rta ta’lim uchun hammaga teng sharoitni yaratdi. Ayrim ijtimoiy muammolar, albatta, mahalliy hokimliklar ko‘magida hal bo‘ladi. Bu masalalar sababli o‘quvchi darsga kelmasa, inobatga olinadi”, dedi boshqarma boshlig‘i.
Azamat Kamolov so‘zlariga ko‘ra, 6 million o‘quvchidan 14 ming nafardan ziyodi muttasil ravishda darsga kelmayotgani aniqlangan. Ularning 9 mingdan ortig‘i ta’limga qaytarilgan. 5 ming nafar o‘quvchi bo‘yicha ham o‘rganish ishlari olib borilyapti.
Uning ma’lum qilishicha, 2023-yilda farzandi tarbiyasida mas’uliyatsizlik qilgan 12 mingdan ortiq ota-ona Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi 1-qismi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
11:10 / 03.04.2026
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
Shuningdek, 2025-yil davomida maktab rahbariyati, mahalla faollari hamda ispektor-psixologlar bilan birgalikda 265 ming nafardan ortiq o‘quvchi va ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazildi.
22:32 / 29.12.2025
Yangiliklar
Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Maxsus kameralar orqali “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularning fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi.
18:11 / 30.08.2025
Yangiliklar
May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
15:30 / 06.05.2025
Yangiliklar
Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
06:15 / 19.03.2025
O'zbek
Izohingizni tahrirlang