Endilikda Toshkentda 10-11-sinf o‘quvchilar davomati kamera orqali nazorat qilinadi
Toshkent shahridagi barcha umumta’lim maktablarining 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralar o‘rnatiladi hamda ularda “Smart School” elektron dasturini joriy qilish orqali yuqori sinf o‘quvchilarining davomatini, ularning fanlarga qiziqishlarini va ta’lim sifatini nazorat qilish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Sh.Umurzaqovning qarori imzolandi.
Unga ko‘ra, dastlab Toshkent shahri Olmazor tumanida sinov tariqasida 31 ta umumta’lim maktablarining 250 ta sinflarida “Smart School” elektron dasturi orqali maktablarda ta’lim sifati doimiy nazorat qilinadi, sinflarda o‘quvchilar davomati aniqlanib, ularning ruhiy holatini sun’iy intellekt orqali o‘rganiladi, shuningdek, o‘quvchilarning fanlarga qiziqishlarini hamda o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatini baholash imkoni yaratiladi.
Ma’lum bo‘lishicha, bu taklif Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Durdona Raximovadan chiqqan.
Qarorda aytilishicha, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari (D.Raximova), Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi (I.Yuldasheva), tuman hokimliklari Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida o‘quvchilarning davomatini hamda ta’lim sifatini nazorat qilish maqsadida 10- va 11-sinf xonalariga maxsus kameralarni tuman mahalliy byudjeti mablag‘lari hisobidan o‘rnatish choralarini ko‘radi.
Toshkent shahar hokimining mazkur qarorida ushbu amaliyot qaysi xorijiy tajribani o‘rgangan holda tatbiq etilayotgani yoki bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalariga tayanib ish ko‘rilayotgani haqida ma’lumot berilmagan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar uchun ChatGPT’da maxsus servis qo‘shildi
Attestatsiya uchun o‘qituvchilardan 25 ming dollar olgan pedagoglar qo‘lga tushdi
Maslahatchi lavozimi kichik maktablarda 0.5 stavka miqdorda tashkil qilinadi
Attestatsiyadan norozi o‘qituvchilar sud uchun yig‘ilgan pullarni xayriya qilib yubordi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
May oyidan boshlab farzandi maktabga bormaydigan oilalarning “bola puli” miqdori kamaytiriladi
2025-yil 1-maydan boshlab respublikaning barcha hududlarida kambag‘al oilalarga ko‘mak choralari ijtimoiy shartnoma asosida berilishi belgilangan.
Yangiliklar
Endi davomat bilan Milliy gvardiya shug‘ullanmaydi…mi?
Milliy gvardiyaning voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlar lavozimlari va 2 000 ta shtat birligi Ichki ishlar vazirligi tuzilmasiga qaytarildi.
Yangiliklar
O‘quvchilar davomatini soxtalashtirgan maktab direktori ishdan olindi
Direktor o‘rinbosarlari ham ishdan olinadi
So'ragan edingiz
Ota-onalar o‘qituvchining darsini kamerada kuzatib turishi mumkinmi?
Dars jarayoniga aralashish mumkin emas
O'zbek
Izohingizni tahrirlang