7-sinf o‘quvchisi homilador, deputat esa bunda maktab psixologlarini ham ayblamoqda
21:30 / 24.02.2024
8.30k
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanidagi maktablarning birida 7-sinf o‘quvchisi homilador (23 haftalik) ekanligi haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Ayni vaqtda uman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borayotganligi aytilmoqda. Holatga Qonunchilik palatasi deputati Umida Rahmonova munosabat bildirib, maktablarda psixologlarning o‘rni va roli deyarli sezilmayotganini aytdi.
7-sinf o‘quvchisi 23 haftalik homilador ekanligi haqidagi xabardan keyin haligacha o‘zimga kelishim qiyin bo‘layapti. Ham ona, ham deputat sifatida o‘zimga va atrofdagilarga savollarim ko‘p. O‘quvchi qizning yon-atrofidagi yaqinlari, o‘qituvchi va mahalladoshlari shunchalik befarqmi?
Bola ichida bola dunyoga kelishi kutilayotgan bo‘lsa-yu, kattalar bundan bexabar bo‘lsa? Bunga kim ishonadi? Kimni aldamoqchi bo‘layapmiz? Farzand kutayotgan bolaning salomatligi, kelajagi, hayoti uchun mas’uliyatni kim o‘z zimmasiga oladi?
Yana bir gap. Bunday xulosani bildiraman deb o‘ylamagandim: lekin maktablarimizdagi psixologlarning o‘rni va roli deyarli sezilmayapti”, deya fikr bildirgan deputat Umida Rahmonova.
Hozircha mazkur holat bo‘yicha boshqa qo‘shimcha ma’lumotlar mavjud emas.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Ushbu maktabda o‘tgan yili ham erta tug‘uruq holati kuzatilgan. O‘shanda maktabning 10-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgan.
06:45 / 05.03.2025
Yangiliklar
8-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgani aytilmoqda
U 2024-yil 6-may kuni shifoxonada chaqaloqni dunyoga keltirgan.
15:00 / 10.05.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang