Maktabga bolta ko‘tarib kelgan mast erkakni Milliy gvardiya xodimi to‘xtatib qoldi
15:50 / 06.03.2024
1.40k
Joriy yil 4-mart kuni soat 15:40 larda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Taxtko‘pir tumani Dao‘ir mahallasida joylashgan 4-sonli maktabda, yangi joriy qilingan tizimda xizmat o‘tayotgan Milliy gvardiyaning qorovul xodimi tomonidan maktabga mast holda qo‘lida bolta bilan kelgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, u maktabda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib olmoqchi ekanini aytgan va ichkariga kiritilmaganidan keyin janjal ko‘targan.
Xabarda aytilishicha, u maktabda ishlovchi turmush o‘rtog‘i bilan gaplashib olmoqchi ekanini aytgan va ichkariga kiritilmaganidan keyin janjal ko‘targan.
Ushbu fuqaro maktabning kirish joyida xizmat o‘tayotgan qorovul xodimining begonalarni maktab ichkarisiga kiritmasligi to‘g‘risidagi ogohlantirishiga va talablariga bo‘ysinmasdan, kurtkasi ichidan bolta chiqarib janjal ko‘tarib turgan bir paytda “tashvish” xabari asosida chaqirilgan va yetib kelgan tuman qo‘riqlash xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki o‘rganishlar davomida ushbu fuqaro, Taxtako‘pir tumanida yashovchi 45 yoshli fuqaro S.D. ekani, mazkur maktabda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan turmush o‘rtog‘i R.B.ni ko‘rishga kelgani va gaplashib ketmoqchi ekanini, qo‘lidagi boltani esa o‘tin chopish oldidan o‘tkirlatishga olib chiqqanini ma’lum qilgan.
Fuqaro S.D. tezkor guruh xodimlari tomonidan tuman Tibbiyot bo‘limiga olib borilib, spirtli ichimlik iste’mol qilganligi bo‘yicha ma’lumoti olingandan so‘ng, tuman IIB profilaktika inspektori bilan birga tegishli xujjatlar rasmiylashtirilgan holda, tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli mastlik holati bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktiga yotqizilgan.
Hozirda holat yuzasidan Taxtako‘pir tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
09:00 / 17.05.2024
Maktab o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi
17:10 / 15.05.2024
Ma’naviyat markazining maktablarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tekshirish ishlari bekor qilindi
16:00 / 16.05.2024
Maktab hududiga kirib qolgan yirtqich ayiq otib o‘ldirildi
08:00 / 15.05.2024
Ma’naviyat markazi maktablarni tekshirmoqchi, savolnomada majburiy obuna ham bor
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Yangiliklar
Maktab o‘quvchisi Milliy gvardiya xodimini kaltakladi
Holat Namangan shahridagi 37-maktabda sodir bo‘lgan.
09:00 / 17.05.20241.26k
Maktab hududiga kirib qolgan yirtqich ayiq otib o‘ldirildi
Ayiq tajovuzkor harakat qilgan va maktab o‘quvchilari hayotiga xavf tug‘dirgan.
16:00 / 16.05.20241.21k
O‘quvchilarga stul ko‘targizib qo‘ygan o‘qituvchi ishi yuzasidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi
Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘z kuzatuviga olganini ma’lum qildi.
14:50 / 23.04.20241.35k
Oʻquvchilarni igna sanchib jazolab kelgan o‘qituvchi ishdan bo‘shatildi
Voqea Sergeli tumanidagi 277-maktabda sodir bo‘lgan.
15:00 / 16.04.20241.25k
Izohingizni tahrirlang