Farg‘onada yana bir maktab o‘quvchisi bedarak yo‘qoldi

17:30 / 15.03.2024
2.35k
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumani “Katta-Qorako‘l” MFYda yashovchi 2008-yilda tug‘ilgan Fozilova Ruhshonaxon Sohibjon qizi qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz joriy yilning 3-mart kuni yashash xonadonidan noma’lum tomonga chiqib ketib, uyiga qaytmagan. Egnida qora rangli shapkali jemper, boshida to‘q yashil va qizil rangli yo‘l-yo‘l ro‘mol, oyog‘ida qora rangli, ayollar oyoq kiyimi, o‘ng qo‘lida rangli metalldan yasalgan uzugi bo‘lgan.
Belgilari: bo‘yi taxminan 160-165 sm, bug‘doyrang, uzunchoq, sochi qora, quloqlari o‘rtacha, burni o‘rtacha, lablari o‘rtacha qalinlikda, tishlari tabiiy butun va ruhan sog‘lom.
“Bedarak yo‘qolgan fuqaro to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lsangiz 73-244-02-85, 73-244-02-76 yoki “102” qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib ma’lumot berishingiz mumkin”, deyiladi viloyat IIB xabarida.
Bedarak yo‘qolgan Ruhshonaxon Fozilovaning topilishida amaliy yordam bergan fuqarolarning shaxsiga oid ma’lumotlari sir saqlanishi va moddiy rag‘batlantirilishi bildirilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanida 18 yoshli ikki nafar qiz ham bedarak yo‘qolgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar

12:35 / 11.07.2025
O‘qituvchilar vazirlikni 6 marta sudga bergani ma’lum bo‘ldi

12:32 / 10.07.2025
Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi

15:35 / 08.07.2025
Sentyabrdan boshlab har bir tuman (shahar)dan 5 nafar o‘qituvchi xorijga malaka oshirishga yuboriladi

09:12 / 05.07.2025
8 yoshli o‘quvchi xorijiy til o‘qituvchilaridan talab qilinayotgan sertifikatni qo‘lga kiritdi
Mavzuga doir yangiliklar

Surxondaryoda bedarak yo‘qolgan o‘quvchi qiz topildi
9-sinf o‘quvchisi T.O 2024-yilning 5-yanvar kuni taxminan soat 16:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgandi.
18:01 / 29.01.2024

Farg'onada bir kunning o'zida ikki nafar 18 yoshli qiz bedarak yo'qoldi
Ulardan biri repetitorga ketyapman deb qaytib kelmagan.
09:30 / 27.02.2024
Izohingizni tahrirlang