Maktab yerini sotmoqchi bo‘lgan tuman hokimi qo‘lga olindi
Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimi maktab uchun ajratilgan yerga ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berish evaziga tadbirkordan 10 ming AQSh dollari pora olayotganda DXX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati manbasiga tayanib, Oyina.uz nashri xabar berdi.
Aniqlanishicha, Sharof Rashidov tumani hokimligining bosh mutaxassisi qurilish sohasida faoliyat yurituvchi MChJ rahbariga tuman hududidan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni va’da qiladi va evaziga 30 ming AQSh dollari talab qilgan.
Joriy yilning 5-iyul kuni bosh mutaxassis so‘ralgan pul mablag‘idan 10 ming AQSh dollarini olib, tuman hokimiga beradi. 8-iyul kuni esa tadbirkordan qolgan 20 ming AQSh dollarini ham oladi.
Tadbirkorga tuman hokimining tegishli qarori bilan “Tokchilik” MFY hududida umumiy o‘rta ta’lim maktab binosini barpo etish uchun ajratilgan 1,7 gektar yer maydonida 8 ta ko‘p qavatli uy qurilishiga ruxsat berilgan hujjatlarni taqdim etadi.
So‘ngra, bosh mutaxassis hokimiyat binosi oldida tuman hokimiga 10 ming AQSh dollarini bergan vaqtida DXX xodimlari tomonidan ularning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yiladi.
Hozirda Sharof Rashidov tumani hokimi deputatlik daxlsizlik huquqidan mahrum qilinib, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi bilan, bosh mutaxassisga esa Jinoyat kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Xorazmdagi barcha davlat bog‘chalari anomal issiq sabab 4 kunga yopiladi
O‘zbekistonlik o‘quvchilar 56-Xalqaro fizika olimpiadasida 4 ta medalni qo‘lga kiritdi
Issiq ob-havo tufayli Qoraqalpog‘istonda bog‘chalar yopilmoqda
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar
Maktab direktori lavozimi uchun 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olindi
Namanganda ikkita korrupsion holat fosh etildi. Bir holatda maktablaridan biriga direktor lavozimiga ishga joylashtirib qo‘yish evaziga 10 ming AQSH dollari talab qilgan MMTB xodimi qo‘lga olingan.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang