Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi korrupsiyaviy tashkilotlar ro‘yxatida
2025-yilning eng korrupsiyalashgan tashkilotlar ro‘yxatida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham tilga olindi. Xususan, tizimda qator qonunbuzilish holatlari aniqlangan bo‘lib, ular orasida noqonuniy davlat xaridlaridan tortib, Samarqandda mansabdor shaxslar tomonidan tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilgani bilan bog‘liq holatlar ham bor.
Joriy yilning 6-fevral kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi binosida agentlik vakillari hamda jamoatchilik kengashining o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlar hisoboti hamda bu yil nimalar kutilayotgani yuzasidan yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi.
Unda o‘tgan yilning eng korrupsiyaviy tashkilotlari qatorida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ham tilga olingan. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xalqtaliminfo.uz'ning so‘roviga ko‘ra ayrim ma’lumotlarni taqdim etdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida uzoq yillar bir lavozimda ishlab kelayotgan rahbar xodimlar rotatsiya qilingan va bu ishlar davom ettirilmoqda.
Xususan, 2025-yilda maktabgacha va maktab ta’limi tizimida 666 nafar maktab direktori va 447 nafar maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari rotatsiya qilingan.
Ma’lumot uchun: Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbaeva rahbarlik lavozimini uzoq muddat hech kimga bermay kelayotgan shaxslarni qattiq tanqid qilgandi.U Sirdaryo viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida 55 nafar xodim 5 yildan ortiq, 23 nafar xodim 10 yildan ortiq, 11 nafar xodim 20 yildan ortiq muddat davomida aynan bir muassasada rahbar sifatida faoliyat olib borayotganini misol qilib keltirgandi.Shuningdek, maktablar va maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida 67 nafar xodim 5 yildan ortiq, 64 nafar xodim 10 yildan ortiq, 29 nafar xodim 20 yildan ortiq muddat davomida aynan bir muassasada rahbar sifatida faoliyat olib borayotganini keskin tanqid qilgandi.
Surishtiruv natijalaridan so‘ng, xorijga yuborilgan 8 nafar o‘quvchidan 4 nafari bevosita boshqarma boshlig‘ining o‘g‘li va jiyani, yana ikki nafari boshqarmada ishlovchi buxgalter va metodistning farzandi ekani ham ma’lum bo‘lgan.
Shundan so‘ng, iqtidorli yoshlar o‘rniga farzandi va jiyanini xorijga yuborgan samarqandlik amaldorlar 28 mln so‘m mablag‘ni byudjetga qaytargan. Qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish, kelgusida bunday holatlarning oldini olish maqsadida boshqarma boshlig‘i Muzaffar Hamdamov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.B., Buxgalteriya hisobi va davlat xaridlari shoʻbasi yetakchi mutaxassisi O.M., Pedagoglarning bilim va malakalarini baholashni tashkil etish shoʻbasi bosh metodisti O.M., O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish shoʻbasi boshlig‘i G.S., O‘quvchilar bilimini baholash va tahlil qilish shoʻbasi metodisti I.X.ga nisbatan intizomiy jazo choralarini qo‘llash bo‘yicha vazirlikka taklif kiritildi.
O‘tgan yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan maktabgacha va maktab ta’limi tizimida korrupsiyaga oid jinoyatlarning sabablari, “korrupsiyasiz soha” loyihasining ijrosi, sohaga taalluqli normativ-huquqiy hujjatlardagi korrupsiya omillari tahlil qilib borilgan.
Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari mablag‘lari hisobidan amalga oshirilgan xaridlar bo‘yicha o‘tkazilgan tekshiruvlar davomida esa bir qancha noqonuniy holatlar aniqlangan.
Jumladan, 666,6 mlrd. so‘mlik 189 ta davlat xaridlari yuzasidan davlat buyurtmachilariga 117 ta taqdimnoma kiritilgan, 70 mlrd. so‘mlik 60 ta xaridlar bekor qilingan hamda 667,5 mlrd. so‘mlik 166 ta davlat xaridlari yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlariga 109 ta so‘rovnoma yuborilgan.
Shuningdek, Andijon, Toshkent viloyatlari hamda Toshkent shahrida joylashgan MTMlari uchun jami 441,7 mlrd.so‘mlik “autsorsing usulida sog‘lom ovqatlantirish xizmatlari ko‘rsatish” bo‘yicha o‘tkazilgan tenderlarda qonunbuzilish holatlari yuzasidan taqdimnoma kiritilgan.
Bunda mansabdor shaxslarning 14 nafariga (16 mlrd.) ma’muriy, 12 nafariga (3,8 mlrd.) intizomiy jazo choralari qo‘llanilib, 2 ta holat bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan, 49 nafariga bayonnoma rasmiylashtirilib, tegishli sudlarga yuborilgan (MJtKning 193-4-moddasi).
Ta’kidlab o‘tish joizki, 2024-yilda davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reytingida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etgandi.
Bunda vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ham 81 ball bilan “yaxshi” natijaga erishgan bo‘lsa, Maktabgacha ta’lim agentligi 56 ball bilan “qoniqarli” deb topilgan.
Shu sababli, muammoni kamaytirish uchun jazolash choralaridan tashqari, tizimli islohotlar, ochiq ma’lumotlar doirasini kengaytirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi choralarni ko‘rish lozim.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘quvchiga zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchilar 2,2 mln so‘mgacha jarimaga tortilishi va ishdan bo‘shatilishi ham mumkin
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?
Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.
Yangiliklar
MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi
Ta’lim muassasalari uchun “ABS” rusumli isitish qozonlari sotib olinishi lozim bo‘lgan. Biroq, amalda shartnomada ko‘rsatilgan mahsulot o‘rniga “LES” rusumli isitish qozonlari xarid qilingan.
Yangiliklar
Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi
Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.
Yangiliklar
Dars taqsimoti ortidan maktab direktori qamoqqa olindi
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori o‘qituvchiga qo‘shimcha dars soatlari ajratib berish evaziga 700 AQSh dollari talab qilgani uchun qamoqqa olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang