Tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga pora so‘ragan MMTB boshlig‘i qo‘lga tushdi
Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Jizzax viloyati ta’lim tizimi mas’ullaridan birining noqonuniy harakati fosh etildi.
Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan birida tekshiruv o‘tkazmaslik evaziga, uning rahbaridan 4,8 mln so‘m miqdorida pora talab qilgan.
Ammo, ushbu mansabdor shaxs so‘ralgan pul mablag‘ini tamagirlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Shuningdek, tergov jarayonida uning Jinoyat Kodeksining 167, 209 va 243-moddalarida nazarda tutilgan, o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish, mansab soxtakorligi hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi boshqa noqonuniy harakatlari ham fosh qilindi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Mavzuga doir yangiliklar
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
Yangiliklar
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Asaka tumanidagi maktablardan birida faoliyat yurituvchi kadrlar bo‘yicha menejer 1-sinfga qabul qilishni va’da qilib, fuqarodan 300 AQSH dollari olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Yangiliklar
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang