7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
2026-yil yanvar oyida 3 400 ta maktab uchun maktab maslahatchisi lavozimiga tanlov jarayonlari o‘tkazilib, saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar maslahatchi sifatida ish faoliyatini boshlagandi. Joriy yilning 22-aprel sanasidan boshlab esa qolgan 7 695 ta maktablardagi vakant maslahatchi lavozimi uchun tanlovga start berilgandi.
Shuningdek, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yil 8-yanvardagi 7-sonli buyrug‘iga ko‘ra maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, Respublika “Kelajak” markazi oliy ta’lim tashkilotlarining 4-bosqich (kunduzgi) hamda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 5-bosqich talabalariga ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzod sifatida ariza yuborishga rozilik bergandi.
Respublika “Kelajak” markazining xabar berishicha, 6-18-iyul kunlari maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning ikkinchi mavsumi — suhbat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 7 695 ta umumta’lim maktabi uchun maslahatchilarni saralash jarayonlari o‘tkazilgan.
Maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilayotgan tanlovning yakuniy natijalari bugun, 23-iyuldan boshlab tanlov.uzedu.uz platformasi orqali nomzodlarning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
Endilikda tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlaydi.
Ma’lumot uchun: tanlovning ikkinchi mavsumiga jami 42 932 ta ariza kelib tushgan. Belgilangan talablarga javob bergan 38 303 nafar talabgor testda ishtirok etgan. Test sinovlarida yuqori natija ko‘rsatgan 19 294 nafar nomzod suhbat bosqichiga tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil 9-sentyabrda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktabgacha va maktab ta’limi sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir maktabda maslahatchi lavozimi joriy qilinishi tashabbusi ilgari surilgandi.
Keyinroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–277-son, 08.09.2025 y.) bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktabgacha va maktab ta’limi tizimidagi umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlaridagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimini har bir umumiy o‘rta ta’lim tashkilotiga 1 ta shtat birligida ajratish hisobiga bo‘shaydigan 3 400 ta shtat birliklari hisobiga “Kelajak” markazlarining umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida vertikal tizimini joriy etish maqsadida o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilinishi belgilandi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Nogironligi bo‘lgan pedagoglarga attestatsiya va milliy sertifikat imtihonlarida qo‘shimcha vaqt beriladi
Alohida taʼlimga ehtiyoji boʻlgan bolalarni qoʻllab-quvvatlash tizimi tubdan oʻzgaradi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?
Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar
Nega maktab maslahatchisi lavozimiga talabalar qabul qilinyapti? “Kelajak” markazi izoh berdi
Maktab maslahatchisi lavozimiga oliy, bakalavr diplomiga ega bo‘lgan nomzodlar qabul qilinishi belgilangan bo‘lsa-da, talabalariga ham maktab maslahatchisi lavozimi uchun nomzod sifatida ariza yuborishga rozilik bergani haqida xabar bergandik.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang