Maktab maslahatchisi lavozimiga qachon yangi vakansiyalar ochiladi?
Savol
Qashqadaryo viloyatidan yozyapman. Men maktab maslahatchisi lavozimiga ishga o‘tmoqchi edim. Lekin ariza topshirishga ulgurmay qolgandim. Endi nima qilsam bo‘ladi, yangi vakansiyalar qachon ochiladi?
Javob
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 1 shtat birligida maktab maslahatchisi lavozimi joriy qilinishi belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 30-sentyabr kuni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 368-sonli buyrug‘i ham imzolanib, unda 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktab maslahatchisi lavozimi joriy etiladigan maktablar ro‘yxati, maktab maslahatchisi lavozimiga mutaxassislarni ishga qabul qilish bo‘yicha Ishchi guruh tarkibi hamda maslahatchilarning malaka tavsifi tasdiqlangan.
Ammo vazirlik ma’lum bir sabablarga ko‘ra 2025-yil 1-oktyabrdan boshlab maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilishga ulgurmadi. Shu sababli, 3400 ta maktabda maktab maslahatchisi lavozimini joriy etish muddati yanvar oyigacha kechiktirildi.
16-17-yanvar kunlari esa 3 400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun tanlovning dastlabki bosqichi — test sinovlari o‘tkazildi. Unda arizalari muvaffaqiyatli qabul qilingan 10 ming nafardan ortiq talabgor ishtirok etdi.
Shu sababli, hozirda mazkur 3 400 ta maktab maslahatchisi lavozimi uchun arizalar qabuli to‘xtatilgan.
Xalqtaliminfo.uz’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab mahalla fuqarolar yig‘inidagi ayrim shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga, Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan shtatlar (mahallalar boshqaruv tizimi) o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha maktab maslahatchisi lavozimini joriy qilish uchun berilishi reja qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fevral oyida maktab maslahatchisi shtat birligi ajratilmagan maktablar uchun ham vakansiyalar ajratilishi kutilmoqda. Shtat birliklar ajratilganda, bu haqda vazirlikning yoki xalqtaliminfo.uz’ning rasmiy sahifalarida ham e’lon qilinadi.
Bunda maktab maslahatchisi lavozimiga ariza topshirolmaganlar hamda ushbu lavozimda ishlashni istagan boshqa talabgorlar tanlov.uzedu.uz platformasi orqali ariza qoldirishlari mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid eng so‘nggi yangiliklarni xalqtaliminfo.uz’da kuzatib boring.
Izohlar 24
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Oliygohlarda talabalar bilimini baholashning yangi tartibi joriy etilishi rejalashtirilmoqda
Endi fan olimpiadalari g‘oliblariga "O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” yo‘llanmasi beriladi
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
1-sinfga qabul uchun fuqarodan 300 dollar olgan maktab xodimi qo‘lga tushdi
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Tavsiyanoma olgan maktab maslahatchilari nega ishga kirolmayapti? Qanday yechimlar bor?
Ayni vaqtda Tanlov komissiyasining maxsus tavsiyanomasini olgan talabgorlar maktab maslahatchisi sifatida ish boshlashlari kerak edi. Ammo, kichik muammo kelib chiqdi. Ya’ni, maktab maslahatchisi lavozimi uchun o‘tkazilgan tanlov pedagog va rahbar xodimlarning mehnat ta’tili vaqtiga to‘g‘ri kelib qoldi.
Yangiliklar
7 695 ta maktab uchun maktab maslahatchilari saralab olindi
Joriy yilning 22-aprel sanasidan boshlab 7 695 ta maktablardagi vakant maslahatchi lavozimi uchun tanlovga start berilgandi.
Yangiliklar
O‘quvchiga nisbatan axloqsiz harakat qilgan maktab maslahatchisi ishdan olinadi — "Kelajak" markazi
Avvalroq Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani haqida xabar bergandik.
Yangiliklar
Maktab maslahatchisi o‘quvchi qizga shilqimlik qilgani uchun besh sutkaga qamaldi
Sirdaryoda 16 yoshli o‘quvchi qizga nisbatan maktab maslahatchisi tomonidan shahvoniy mazmundagi xabarlar yuborilgani bilan bog‘liq holat jinoyat ishlari bo‘yicha sudda ko‘rib chiqildi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang