Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Avvalroq, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan hali muddati tugamagan malaka toifa sertifikatlarining amal qilish muddati kutilmaganda, hech qanday ogohlantirishlarsiz o‘zgartirib qo‘yilgani haqida xabar bergandik.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi holat bo‘yicha rasmiy bayonot berib, pedagoglar huquqlari kafolatlanishini ma’lum qildi.
Bayonotda aytilishicha, 2021-yilgacha bo‘lgan davrda pedagoglarga attestatsiya natijalariga ko‘ra malaka toifalarini tasdiqlovchi sertifikatlar qog‘oz shaklida hududiy boshqarmalar tomonidan rasmiylashtirilgan va pedagoglarga topshirilgan.
Mazkur sertifikatlar respublika bo‘ylab turli sanalarda berilganligi sababli, ularning besh yillik amal qilish muddatining tugashi 2026-yilning turli oylariga to‘g‘ri kelib qolgan.
Ma’lumki, bahorgi attestatsiya jarayoni odatda yanvar–iyun oylarida o‘tkaziladi va natijalarga ko‘ra yangi sertifikatlar iyun oyida beriladi. Shu bois, 2021-yilning iyul–avgust oylarida sertifikat olgan ayrim pedagoglar sertifikatlarining amal qilish muddati yangi o‘quv yili boshlanishidan oldin yakuniga yetadi.
Vazirlikning ta’kidlashicha, malaka toifasi sertifikatlarining amal qilish muddati bo‘yicha hech qanday qisqartirish yoki o‘zboshimchalik bilan o‘zgartirish amalga oshirilmagan.
Pedagoglarga malaka toifasi sertifikatlari muddatlarida uzilish yuzaga kelishining oldini olish maqsadida, sertifikat muddati yangi o‘quv yili boshlanguniga qadar tugaydigan pedagoglarga bahorgi attestatsiyada majburiy attestatsiya turi bo‘yicha, hech qanday to‘lov undirilmagan holda qatnashish imkoniyati berilgan.
Bunda pedagoglar kuzgi attestatsiyani kutmasdan, bahorgi attestatsiya jarayonlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Pedagoglarning amaldagi sertifikatlari muddati yakuniga yetmaguniga qadar malaka toifasi (lavozimi) tushirilmaydi va amaldagi toifa bo‘yicha haq to‘lanishi davom etadi.
Vazirlik holat bo‘yicha izoh bergan bo‘lsa-da, ammo bir qancha savollarga aniq javob bermagan.
Vazirlik izohidan shuni tushunish mumkinki, malaka toifa sertifikati 2021-yil iyunda berilgan bo‘lsa, 2026-yil iyunda ana shu 5 yillik muddat tugaydi. Ammo texnik xatoga ko‘ra shu vaqtga qadar 2021-yilda malaka toifasi olgan pedagoglarning sertifikatining amal qilish muddati tizimda 2026-yil 31-dekabrligicha bo‘lib qolavergan.
Keyinroq esa vazirlik fevral oyi o‘rtalariga kelib, ana shu muddatni iyun oyiga o‘zgartirib qo‘ygan. Aslida, vazirlik muddatlar masalasida to‘g‘ri yondashuv qilgan bo‘lishi mumkin. Ammo xatoga yo‘l qo‘ygan. Chunki, juda kech harakat qilingan.
Shu sababli, vazirlik quyidagi bir nechta savollarga javob berishi kerak
- Ayrim o‘qituvchilarning malaka toifasi sertifikati muddati tutli oylarida tugaydigan bo‘lsa, bu haqida pedagoglar vaqtliroq ogohlantirilib, platformadagi muddat nega o‘z vaqtida o‘zgartirilmadi?
- Nima uchun sertifikat muddati iyun oyida tugaydigan pedagoglarga platformada majburiy attestatsiyaga ariza topshirish qismi ochib qo‘yilmadi?
- Nima uchun vazirlik tomonidan yo‘l qo‘yilgan texnik xatolik tufayli asli majburiy attestatsiya uchun ariza topshirishi kerak bo‘lgan pedagoglar arizani navbatdan tashqari shaklida yuborishga majbur bo‘ldi? Bunga kim javob beradi?
- Vazirlik xatosi tufayli navbatdan tashqari attestatsiya uchun ariza topshirishga majbur bo‘lgan hamda tegishli to‘lovlarni amalga oshirgan pedagoglarga ushbu mablag‘lar qachon va qay tartibda qaytariladi?
- Vazirlik tomonidan kech axborot berilishi oqibatida ariza topshirishga ulgurmay qolgan pedagoglar taqdiri nima bo‘ladi?
- 2026-yil 31-dekabrda umrbodlik malaka toifasi sertifikati berilishi reja qilingan, ya’ni 2022-yilga qadar oliy toifa hamda 15 yillik ish stajiga ega bo‘lgan, umrbod attestatsiyaga jalb qilinmaydigan pedagoglar masalasi qanday hal qilinadi?
O‘ylaymizki, vazirlik ko‘pchilik pedagoglar manfaatlarini inobatga olgan holda ushbu savollarga ham javob beradi va texnik xatolik tufayli yuzaga kelgan vaziyatni hisobga olgan holda pedagoglarga qo‘shimcha imkoniyatlar yaratish choralarini ko‘radi.
Izohlar 19
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
O‘qituvchilarga va’da qilingan yana bir imtiyoz kuchga kirdi
Bu yil maktablarda bahorgi ta’til 20-martdan boshlanishi mumkin
Mavzuga doir yangiliklar
Attestatsiya
Vazirlik attestatsiya testlarini pullayaptimi?
Tahririyatga murojaat yo‘llagan pedagoglardan birining aytishicha, o‘tgan yildan buyon alohida sinov.uz platformasi faoliyati yo‘lga qo‘yilib, har bir fandan test ishlash uchun alohida narxlar belgilab qo‘yilgan.
Maqola
“Tanaffus” podkastidagi bahs qanday oʻtdi
Tarixchilar oʻrtasidagi bahsni koʻrgach, bu haqdagi tahlillarini tanqidiy fikrlash boʻyicha mutaxassis, "Ta'lim tahlili" loyihasi eksperti Otabek Rahmonberganov ayni shu mavzuda maqola tayyorladi.
Attestatsiya
Attestasiyada “xom ballar” asosida o‘qituvchilar haqida qaror chiqarish – shunchaki “lotereya”
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova hamda Baholash markazi direktori Dilrabo Davidovaga ochiq murojaat.
Yangiliklar
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi attestatsiya uchun to‘lovlarni amalga oshirishni 2026-yilning 10-martiga qadar uzaytirdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang