Andijon viloyati MMTB boshlig‘i lavozimidan ozod etildi
17:05 / 24.06.2024
6.63k
Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Karimov Rasuljon Rafiqovich boshqa ishga o‘tayotganligi sababli egallab turgan lavozimidan ozod etildi.
Bu haqda Andijon viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi.
Rasuljon Karimov boshqarma boshlig‘i lavozimiga tayinlanishidan avval Prezident ta’lim muassasalari agentligi Andijon viloyati hududiy bo‘lim boshlig‘i lavozimida ham ishlagandi.
Bunga qadar turli yillarda:
Bunga qadar turli yillarda:
- Yoshlar ittifoqi Andijon viloyati Kengashi tashkiliy-kadrlar va axborot-taxlil bo‘limi mudiri, Toshkent shahar Kengashi apparati jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mudiri;
- “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Kreditlash va investision faoliyatni muvofiqlashtirish departamenti, kichik biznesni kreditlash va mikrokreditlash bo‘limi mutaxassisi;
- Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar” bo‘lim mudiri, “Harbiy qismlardagi boshlang‘ich tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish” bo‘limi bosh mutaxassisi va “Kamalak” bolalar tashkiloti bo‘limi bosh mutaxassisi;
- Yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi raisi;
- Andijon shahridagi Prezident maktabi direktorining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
13:42 / 04.10.2026
Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi
19:14 / 03.10.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari lavozimlaridan biri tugatildi
14:11 / 02.10.2026
14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilandi
15:49 / 30.09.2026
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
15:21 / 04.06.2026
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
15:20 / 29.04.2026
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
12:00 / 08.04.2026
Tayinlov
Toshkent shahar MMTB boshlig‘i vazirlikka ishga o‘tdi
Yuldasheva Iroda Saloxutdinovna Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod qilinib, MMTV O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
20:20 / 06.04.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang