Xalq ta’limi Info tahririyati OAV xodimlari kuni munosabati bilan taqdirlandi
Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida “27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuni” munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Unda ta’lim yo‘nalishida faoliyat yurituvchi bir qancha jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ochib berib, so‘z va matbuot erkinligini rivojlantirish, ta’lim sohasidagi yangiliklarni yoritish, erishilayotgan yutuqlarni keng targ‘ib etish, o‘z navbatida tizimda uchrayotgan ayrim kamchiliklarni xolis yoritishdagi katta xizmatlari uchun jurnalist va blogerlarga minnatdorchilik bildirdi.
Bugungi tadbirda Xalq ta’limi Info tahririyati direktori Ulug‘bek Po‘latov ham ishtirok etdi hamda vazirlik tomonidan tahririyatga topshirilgan esdalik sovg‘alarni qabul qilib oldi.
“Ta’lim sohasida blog yuritishni boshlaganimda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidagi 21-umumta’lim maktabida ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimida ishlardim. Dastlab, telegram messenjerida tashkil etilgan “Xalq ta’limi Info” kanali direktor o‘rinbosarlari uchun ko‘makchi vazifasini o‘tash maqsadida yo‘lga qo‘yilgandi.O‘sha vaqtlari kanalga faqat hujjatlar yuklab borardim, kanal a’zolari soni esa 50 nafar obunachiga ham yetmasdi. Keyinchalik, ya’ni 2020-yilda, karantin vaqtida kanalga postlar joylab, pedagoglarni qiziqtirgan savollarga javob bera boshladim.Shundan so‘ng, ta’lim yo‘nalishidagi bloger sifatida taniy boshlashdi. Endi esa “Xalq ta’limi Info” loyihasini yanada kengaytirish uchun rasmiy ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshlab, faoliyatimizni yanada kengaytirib, xalqtaliminfo.uz saytini ishga tushirishga erishdik. Hozirgi kunda saytda 2 nafar muxbir hamda 10 ga yaqin jamoa a’zolari faoliyat yuritib kelmoqda.Nasib qilsa, jamoamizni yanada kengaytirish harakatidamiz. Vaqti kelsa tizimni tanqid ham qilamiz, kamchiliklarni ro‘y-rost olib chiqamiz. Shu o‘rinda bizning tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilib kelayotgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ham o‘z minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Vazirlik tomonidan xalqtaliminfo.uz sayti faoliyati e’tirof etilgani bizga yanada katta kuch va energiya beradi”, - deydi tahririyat rahbari Ulug‘bek Po‘latov.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!Yangiliklar
Toshkent viloyati MMTBga yangi boshliq tayinlandi
2024-yilda ta’lim sohasi vakillari qancha maosh olgani ma’lum bo‘ldi
O‘quvchilar huquqbuzarligi uchun Milliy gvardiyaga jazo qo‘llash vakolati beriladi
Toshkentdagi maktabda sil kasalligi aniqlandimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Xalq ta’limi Info ommaviy axborot vositasi sifatida ish boshladi
Endilikda rasmiy ommaviy axborot vositasi sifatida faoliyat olib boramiz
Xalqtaliminfo.uz sayti internet jurnalistikasi yo‘nalishida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi
Tahririyat I darajali diplom bilan taqdirlandi
Izohingizni tahrirlang