Nigeriyada maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi
Joriy yilning 12-iyul kuni Nigeriyada Busa Buji jamoasiga tegishli, Saint akademiyasi qaramog‘idagi ikki qavatli maktab binosi qulashi oqibatida 22 bola halok bo‘ldi. Vayronalar ostida esa bino ichida bo‘lgan jami 154 kishi qolib ketgan.
Halokat Plato shtatida ro‘y bergan. Eski va yaroqsiz holatga kelib qolgan maktab binosi devorlari darz ketib yorilishi oqibatida qulab tushgan. Baxtsiz hodisaning yuz berishiga inshootning juda uzoq muddat xizmat qilgani hamda ta’mirlanmagani sabab bo‘lgan.
Mahalliy sog‘liqni saqlash tashkilotlariga ko‘ra, 30 kishi o‘ta og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yotqizilgan. Mamlakat Milliy favqulodda vaziyatlar agentligi halokat joyida qutqaruv ishlari yakunlangani va vayronalar tozalanayotganini bildirgan.
Halokatdan so‘ng, shtat rahbariyati voqea yuz bergan Jos tumanidagi boshqa ta’lim muassasalari holatini ham tekshiruvdan o‘tkazgan. Shtat rasmiylari halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirgan.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Yangi yildan maktab va bog‘chalarni qurish xarajatlari hududlarning o‘zida hal bo‘ladi
Yangi o‘quv yilidan huquqshunoslarga ham maktabda dars o‘tishga ruxsat beriladi
Vazir, jurnalist va deputatlar maktablarda dars o‘tmoqda
O'zbek
Izohingizni tahrirlang