“Ona tili” va “O‘zbek tili” fani o‘qituvchilari uchun yaxshi imkoniyat
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘qituvchilarning ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning pedagogik faoliyatini rag‘batlantirish maqsadida “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” tanlovini e’lon qildi.
Tanlovda umumiy o‘rta ta’lim maktablarining ona tili va o‘zbek tili fani o‘qituvchilari “Men tavsiya etaman…” nomli video-taqdimotlari bilan ishtirok etishlari mumkin.
Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan o‘qituvchilar joriy yilning 20-oktyabriga qadar vazirlikning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etilgan maxsus botlar orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari va taqdimotlarini video shaklda jo‘natishlari lozim:
Tanlovning respublika bosqichi g‘oliblari o‘zbek tili bayrami arafasida quyidagi mukofotlar bilan taqdirlanadi:
1-o‘ringa — “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” I darajali diplomi, 20 mln. so‘m pul mukofoti;
2-o‘ringa — “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” II darajali diplomi, Monoblok;
3-o‘ringa — “Yilning eng yaxshi o‘zbek tili o‘qituvchisi” III darajali diplomi, Noutbuk.
Tanlov shartlari bilan tanishish
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
2025-yilda sababsiz dars qoldirgan 94 738 nafar o‘quvchining ota-onasiga jarima solindi
2025-yilgi attestatsiyada 60 foizdan ortiq o‘qituvchi o‘tolmagani ma’lum bo‘ldi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
Endilikda “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblar pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Yangiliklar
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Avvalroq tanlov g‘oliblari e’lon qilingandi
Yangiliklar
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
Yangiliklar
Samarqandlik 8-sinf o‘quvchisi “Yosh kitobxon”da g‘olib bo‘lib, Cobalt avtomobilini qo‘lga kiritdi
Nargiza Muhammadiyeva 5 ta shart bo‘yicha 417,4 ball bilan g‘olib bo‘lib, Prezident sovg‘asi “Cobalt” avtomobilini qo‘lga kiritdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang