Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 849-sonli qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, endilikda “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirilib, yil yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning o‘qituvchilari hamda ta’lim tashkilotlari rag‘batlantiriladi.
Bunda har yili “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.
Mazkur tanlov g‘oliblari esa quyidagi pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- 100 nafar o‘qituvchi — 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
- 10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohatga yo‘llanma;
- 500 nafar yoshlar — noutbuk;
- 500 nafar yoshlar — qimmatbaho sovg‘alar;
- 3 ta oliy ta’lim tashkiloti — pul mukofoti;
- 2 ta umumta’lim maktabi (“Prezident sovg‘asi”) — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining ijobiy tajribasi asosida ushbu loyihani bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Endilikda, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, ІT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;
- xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish;
- informatika, robototexnika, kibersport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqa hamda tanlovlarda ishtirok etish.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
Vazirlik malaka toifasi sertifikati muddatlari nega o‘zgarib qolganiga izoh berdi
Vazirlikni sudga bergan tarix fani o'qituvchilari haq bo'lib chiqdi
Vazirlik o‘qituvchilar malaka toifasi sertifikati muddatini o‘zboshimchalik bilan qisqartirib qo‘ydimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Yangi o‘quv yilidan boshlab maktablarda “Eng yaxshi startap g‘oyasi” tanlovi o‘tkaziladi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori (PQ–59-son, 11.02.2026 y.) imzolandi.
Yangiliklar
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol musobaqasi o‘tkazilib, g‘olib jamoaga “Damas” beriladi
O‘quvchi-qizlar o‘rtasida futbol bo‘yicha ilk bora “Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etiladi.
Yangiliklar
Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari taqdirlandi
Avvalroq tanlov g‘oliblari e’lon qilingandi
Yangiliklar
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang