Ayrim maktablar elektromobil bilan, o‘qituvchilar esa xorijga sayohat hamda 1000 AQSh dollar bilan taqdirlanadi
“Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” tanlovi g‘oliblari pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, 100 nafar o‘qituvchi 1 000 AQSh dollari pul mukofoti, 10 nafar o‘qituvchi xorijiy sayohatga yo‘llanma, 500 nafar yoshlar noutbuk va 500 nafar yoshlar qimmatbaho sovg‘alar, 3 ta oliy ta’lim tashkiloti pul mukofoti hamda 2 ta umumta’lim maktabi “Prezident sovg‘asi” - elektromobil bilan taqdirlanadi.
Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni IT sohasiga jalb qilish, ularning raqamli bilim va ko‘nikmalarini oshirish orqali yuqori daromadli kasblarga yo‘naltirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi 849-sonli qarori imzolandi.
Qarorga ko‘ra, endilikda “Bir million dasturchi” loyihasining mantiqiy davomi sifatida “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasini amalga oshirilib, yil yakuniga ko‘ra eng yuqori natijalarga erishgan yoshlar, ularning o‘qituvchilari hamda ta’lim tashkilotlari rag‘batlantiriladi.
Bunda har yili “Besh million sun’iy intellekt yetakchilari” loyihasi doirasida eng yuqori natijalarga erishgan ishtirokchilarni taqdirlash bo‘yicha milliy tanlov o‘tkazib boriladi.
Mazkur tanlov g‘oliblari esa quyidagi pul mukofotlari va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:
- 100 nafar o‘qituvchi — 1 000 AQSh dollari ekvivalentida pul mukofoti;
- 10 nafar o‘qituvchi — xorijiy sayohatga yo‘llanma;
- 500 nafar yoshlar — noutbuk;
- 500 nafar yoshlar — qimmatbaho sovg‘alar;
- 3 ta oliy ta’lim tashkiloti — pul mukofoti;
- 2 ta umumta’lim maktabi (“Prezident sovg‘asi”) — elektromobil bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, mazkur qaror bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining Xorazm viloyatida amalga oshirilayotgan “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasining ijobiy tajribasi asosida ushbu loyihani bosqichma-bosqich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar markazlarida amalga oshirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Endilikda, “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida yoshlarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- raqamlashtirish sohasida zamonaviy kasblarga, jumladan, ІT-loyiha boshqaruvchisi, startap loyihasi boshqaruvchisi hamda xorijiy tillarga bepul o‘qish;
- xalqaro professional darajadagi IT-sertifikatlarni olish bo‘yicha o‘quv kurslarida bepul ta’lim olish;
- informatika, robototexnika, kibersport va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha musobaqa hamda tanlovlarda ishtirok etish.
Comments 0
Please register to comment!
News
Hilola Umarovaga pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasi berildi
In 2025, the parents of 94,738 students who missed classes without reason were fined.
It turned out that more than 60 percent of teachers failed the 2025 certification.
Now teachers who do not report violence will also be punished.
News on the topic
News
The best decorated educational institutions were awarded
Earlier, the winners of the competition were announced
News
“Eng yaxshi bezatilgan ta’lim muassasalari” tanlovi g‘oliblarini tabriklaymiz
Tez kunlarda tanlov g‘oliblar taqdirlanadi
News
Good opportunity for native language and Uzbek language teachers
The "Best Uzbek Language Teacher of the Year" competition will be held
News
An 8th-grade student from Samarkand won the "Young Reader" and won a Cobalt car.
Nargiza Muhammadiyeva won 5 conditions with 417.4 points and won the President's gift "Cobalt" car.
English
Edit your comment