Endi CHQBT o'qituvchilari zaxiradagi harbiy xizmatchilar orasidan tayinlanadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan muloqotda chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Unda chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanishi belgilandi.
“Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini kuchaytirishda sportchi murabbiylarimiz va harbiylarimiz ham faol bo‘lishlari zarurligi ta’kidlandi.
Bugun zamonning o‘zi har birimizdan ona yurt himoyachisi, vatanparvar bo‘lishni talab etmoqda. Bunda ayniqsa mard va jasur serjant va ofiserlar, harbiy chaqiriqqa tayyorlash fani o‘qituvchilari o‘rnak bo‘lishlari kerak.
Hozir maktablarda qariyb 10 ming nafar ana shunday o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Afsuski, ularning aksariyatida harbiy sohadagi zamonaviy bilim va ko‘nikmalar, ular uchun ish sharoiti talab darajasida emas.
Endi mana shu o‘qituvchilar Mudofaa vaziri tomonidan zaxiradagi harbiy xizmatchilar tarkibi orasidan tayinlanadi”, dedi Prezident.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Pedagoglar “Yil o‘qituvchisi” bo‘yicha appelyatsiya berolmayapti
Vazirlik tizimidagi Respublika tashxis markazi direktoriga “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni berildi
Qimor o‘ynagan MMTB boshlig‘i va direktorlar jarimga tortildi
Attestatsiya to‘lovi 10-martgacha amalga oshiriladi, biroq xatolik chiqsa, pullar qaytarilmaydi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tyapti.
Yangiliklar
Ayrim o‘qituvchilarning maoshi 20 mln so‘mga yetkaziladi
O‘quvchilarning fanlarni o‘zlashtirishiga qarab, o‘qituvchilariga 20 million so‘mgacha oylik maosh to‘lab beriladi.
Yangiliklar
Endi CHQBT rahbarlariga ham 20 foizgacha ustama to‘lanadi
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik rahbari va “Jasorat maktablari” faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida Hukumat qarori qabul qilindi.
Yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev BMTda ham ta’lim masalasini ko‘tardi
Prezident o‘z nutqida pedagoglarning o‘zaro tajriba va bilim almashishi uchun yagona xalqaro platformani yaratish maqsadida O‘zbekistonda Butunjahon professional ta’lim sammitini o‘tkazishni taklif etdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang