Bugun sizning kuningiz – O'qituvchi va murabbiylar kuni!
00:01 / 01.10.2024
2.80k
Bir haqiqatni tan olmay ilojimiz yo‘qki, bundan 7-8 yil avval o‘qituvchilar 1-oktyabrni paxta dalasida nishonlar edilar.
Ularni paxta dalasi va xo‘jalik ishlaridan ozod qilinishini islohot emas, balki qilinishi shart bo‘lgan vazifa sifatida qabul qilib, hozir ulardan kechirim so‘rashimiz ham kerakdir balki.
Bugun sizning kuningiz – O‘qituvchi va murabbiylar kuni! Sizning mehnatingiz o‘ta murakkab, shunchalik buyukki, uning natijasini faqat yillar o‘tib anglash mumkin.
Bugun sizni samimiy tabriklab, sizga sog‘lik, kuch-g‘ayrat va kelgusida ulkan yutuqlar tilaymiz. O‘qituvchi va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin!
Biz sun’iy intellekt yordamida o‘qituvchilarning muammo, dardlari va o‘ylari aks etgan ba’zi suratlarini chizib ko‘rdik.
O‘qituvchilik kasbining naqadar og‘ir ekanligi aks ettirilgan tasvir
Paxta dalasi va xo‘jalik ishlaridan ozod bo‘lgan o‘qituvchi
Qog‘ozbozlikdan qutulib, elektron tizimga o‘tgan o‘qituvchi
Ota-onalarning tanqidlari va e'tirozlaridan ko‘p hafa bo‘ladigan o‘qituvchi
Ish faoliyati doimiy stress va zo‘riqish bilan kechadigan o‘qituvchi
Doimo o‘quvchilari haqida qayg‘urib yuruvchi o‘qituvchi
Boshqa soha xodimlariga nisbatan kamroq maosh oladigan o‘qituvchi
Maoshi 1000 dollardan oshgan o‘qituvchi
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
11:10 / 03.04.2026
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
16:20 / 30.03.2026
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
12:36 / 30.03.2026
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
15:02 / 27.03.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang