Maktab o'quvchisi ustiga futbol darvozasi tushib ketishi oqibatida vafot etdi
Toshkent shahri Olmazor tumanida yashovchi 17 yoshli maktab o‘quvchisi futbol maydonidagi darvoza to‘sini qulashi oqibatida halok bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz’ga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.
Aniqlanishicha, Olmazor tumanidagi 133-maktabning 11-sinf o‘quvchisi M.A. 2024-yil 27-sentyabr kuni soat 21:00-22:00 lar atrofida sinfdoshlari bilan futbol o‘ynagani borgan.
O‘yin tugagandan so‘ng M.A. stadion darvozasi to‘siniga osilgan va muvozanatni ushlay olmay yiqilib tushgan. Shu paytda darvoza yiqilib uni bosib qolgan. Sinfdoshlar M.A.ni darhol darvoza tagidan chiqarib olishgan va tibbiy tez yordam mashinasini chaqirishgan. Tez yordam mashinasi 40 daqiqada yetib kelgan.
Og‘ir jarohatlangan M.A.ni Toshkent pediatriya tibbiyot institutining jonlantirish bo‘limiga olib borishayotganda uning joni uzilgan. Tibbiy xulosaga ko‘ra bemor qorin yopiq jarohati, jigar yorilishi, jigar venasi uzilishi, ichki qon ketishi, travmatik shok oqibatida vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
Attestatsiya test sinovlari o‘tkaziladigan sanalar va manzillar belgilandi
Xususiy fan olimpiadalarini o‘tkazishga cheklov qo‘yiladimi?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 2018 hamda 2020-yilda tug‘ilgan ikki nafar voyaga yetmagan aka-uka suv taqsimlagich omboriga tushib ketishi natijasida vafot etdi.
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Qoraqalpog‘istonning Xo‘jayli tumanida ikkita maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi.
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi Farg‘ona kanalida cho‘kib ketdi
5 kun avval Namangan viloyatidagi shimoliy Farg‘ona kanalida ikki nafar maktab o‘quvchisi cho‘kib ketdi. Bu haqda Namangan viloyati FVB Axborot xizmati xabar berdi.
Yangiliklar
Bir kunning o‘zida 3 o‘quvchi suvga cho‘kib halok bo‘ldi
Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida bir kunda uch bola suvga cho‘kib halok bo‘ldi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang