3 yoshli bog‘cha bolasi mashinada unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi
Holat Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidagi “Zafar” MFYda joylashgan xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 4-iyun kuni bog‘cha xodimlarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi tufayli bir bolakay mashina ichida qolib ketgan.
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidagi “Zafar” MFYda faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Aga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli tarbiyalanuvchi transport vositasida unutib qoldirilganligi sababli vafot etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida tashish qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy ogohlantirib kelingan.
Ammo mazkur talab va majburiyatlarga amal qilinmaganligi sababli joriy yilning 4-iyun kuni muassasaga qatnovchi tarbiyalanuvchilardan biri transport vositasida qoldirib ketilgan hamda muassasa xodimlarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi natijasida avtotransport ichida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O. A bilan tuzilgan tegishli bitim hujjatlari bekor qilingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim uchun davlat xarajatlari besh yilda ikki barobardan ziyod oshgan
Prezident robototexnika bo‘yicha jahon chempioni bo‘lgan yoshlarni mukofotladi
Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziriga biriktirilgan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
Shavkat Mirziyoyev Erkinjon Turdimovni bejizga vazir etib tayinlamaganini aytdi
Mavzuga doir yangiliklar
Maktabgacha ta'lim
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
Maktabgacha ta'lim
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.
Yangiliklar
Bog‘cha xodimlari uchun oliygohda dual ta’lim shaklida o‘qish tartibi belgilanmoqda
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi maktabgacha ta’lim yo‘nalishida o‘rta maxsus ma’lumotga ega pedagog kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlash to‘g‘risidagi nizom loyihasini ishlab chiqdi.
Surxondaryoda bog‘chalarga oziq-ovqat yetkazib berish bilan bog‘liq korrupsiyaviy holat fosh etildi
Surxondaryo viloyatida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlariga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish jarayonida pora talab qilgan bog‘cha direktori qo‘lga olindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang