3 yoshli bog‘cha bolasi mashinada unutib qoldirilgani oqibatida vafot etdi
Holat Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidagi “Zafar” MFYda joylashgan xususiy bog‘chada sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, 4-iyun kuni bog‘cha xodimlarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi tufayli bir bolakay mashina ichida qolib ketgan.
Qashqadaryo viloyati, Qamashi tumani hududidagi “Zafar” MFYda faoliyat yuritgan yakka tartibdagi tadbirkor O.Aga tegishli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 3 yoshli tarbiyalanuvchi transport vositasida unutib qoldirilganligi sababli vafot etdi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, mazkur ta’lim tashkiloti rahbariyati va mas’ul xodimlari bolalarni avtotransport vositalarida tashish qoidalari va talablariga qat’iy rioya etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar tomonidan doimiy ogohlantirib kelingan.
Ammo mazkur talab va majburiyatlarga amal qilinmaganligi sababli joriy yilning 4-iyun kuni muassasaga qatnovchi tarbiyalanuvchilardan biri transport vositasida qoldirib ketilgan hamda muassasa xodimlarining sovuqqonligi va e’tiborsizligi natijasida avtotransport ichida vafot etgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor O. A bilan tuzilgan tegishli bitim hujjatlari bekor qilingan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi: o‘quvchilar imlosini baholashda yengillik berilishi mumkin
Fan olimpiadasi g‘oliblariga 17 mlrd so‘mdan ortiq mukofot puli topshirildi
Milliy sertifikat: natijalar bugun chiqadi, yangi imtihonga ro‘yxatga olish ertadan boshlanadi
Dars soatlari elektron platforma orqali taqsimlanadi. Pedagoglar bundan nima kutmoqda?
Mavzuga doir yangiliklar
Maktabgacha ta'lim
Mahkuma ayollarning farzandlari uchun maxsus bog‘chalar tashkil etiladi
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum ayollarning farzandlarini maktabgacha ta’lim xizmatlari bilan qamrab olish tizimi takomillashtiriladi. Buning uchun maxsus davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Maktabgacha ta'lim
“Xususiy bog‘chalarning nomini o‘zbekchalashtirish kerak” — Sherzodxon Qudratxo‘ja
O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja xususiy bog‘chalarning nomini o‘zbekchalashtirish va ularda o‘tkaziladigan bayramlar uchun ssenariylar yozib berishni taklif qildi.
Maktabgacha ta'lim
Kelasi o‘quv yilidan bog‘cha tarbiyachilari uchun oliygohda o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqartiriladi
Kelasi o‘quv yilidan tarbiyachilar uchun pedagogika oliygohlaridagi o‘qish muddati to‘rt yildan uch yilga qisqaradi. Shuningdek, 2027-yil 1-yanvardan 2-3 yoshli farzandini oilaviy bog‘chaga bergan ishli onalarning badal puli budjet hisobidan qoplab beriladi.
Maktabgacha ta'lim
Bog‘chalardagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga kiritilmoqda
Pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi hujjat loyihasiga ko‘ra, maktabgacha ta’lim tashkilotidagi tarbiyachi yordamchisi lavozimi ham pedagogik faoliyat bilan bog‘liq lavozimlar ro‘yxatiga qo‘shilmoqda.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang