Top.Mail.Ru
Sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?

Sinfxonalarda me’yordagi harorat qancha bo‘lishi kerak?

09:20 / 02.11.2024 511

Sanepidqo‘mita tavsiyaga ko‘ra, yengil jismoniy ish uchun havo harorati kamida 21 daraja va nisbiy namlik esa 40-60 foiz bo‘lishi lozim.


Ta’lim muassasalarining o‘quv xonalarida mashg‘ulotlar o‘tkazishda mehnatni muhofaza qilish talablariga muvofiq o‘quv xonalarida havo harorati yengil jismoniy ishda 21º C, o‘rtacha og‘ir ishda 17º C va og‘ir ishda 16º C dan past bo‘lmasligi kerak.


Shuningdek, ta’lim muassasadagi ayrim xonalar harorati quyidagicha bo‘lishi lozim:


  • Sport zalida muntazam ravishda harorat 18º C – 20º C, havoning namligi 50 – 60 foiz;


  • Fizika o‘quv laboratoriya xonasida muntazam ravishda harorat 18º C – 21º C, havoning namligi 40 – 60 foiz bo‘lishi kerak.


Shuningdek, ta’lim muassasasi hududidagi hojatxonalar issiq suv va kanalizatsiya tizimiga ulangan bo‘lishi lozim.


Ta’lim muassasasida kanalizatsiya tizimi yo‘q bo‘lganda davlat sanitariya nazorati organlari bilan kelishilgan holda ta’lim muassasasida yer qatlamini ifloslantirmagan holda dushxonalardan va yuz-qo‘l yuvgichlardan suv oqmaydigan qurilmali axlat o‘ralarining mavjud bo‘lishiga ruxsat etiladi.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Muassasa harorati

Ulashish