Antraktida qit’asida maktab borligini bilarmidingiz?
Antarktida qit’asi muz va qor bilan qoplangan olis hudud. Ko‘pchilik u yerni inson yashashi mumkin bo‘lmagan joy sifatida tasavvur qiladi. Biroq, qit’ada doimiy aholi bo‘lmasa-da, tadqiqotchilar va ularning oilalari vaqtinchalik yashaydi. Ushbu hududda hatto maktablar ham tashkil etilgan.
Antraktida qit’asida yagona bo‘lgan maktab bor va unda o‘quvchilar soni 15-20 nafarni tashkil etadi. Ta’lim muassasasida fanlardan matematika, tabiatshunoslik, til san’ati va qit’aning geografiyasi, iqlimi va bu yerda olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar haqida darsliklar bor.
Maktab o‘sha yerdagi tadqiqot stansiyalari tomonidan tashkil etiladi. Kamdan-kam hollarda maktablar soni bir nechtaga ko‘payishi mumkin. Ya’ni stansiyalar oraliq masofasiga qarab tashkil etiladi.
O‘qituvchilar ko‘pincha zarur malakaga ega bo‘lgan tadqiqotchilarning turmush o‘rtoqlari yoki hamkorlardan iborat. Maktab doimiy tarzda faoliyat ko‘rsatmaydi. Ob-havo sharoiti yomonlashishi, qish vaqtida stansiya ishchilari va bolalari u yerdan ketishi sababli yopiladi.
Masalan, qish oylarida qit’adagi havo harorati -60 °C gacha tushib, hayot uchun xavfli sharoitlarni yuzaga keltiradi. Bu vaqtda tadqiqot stansiyalari xodimlari va ularning oilalari hududni tark etadi, natijada maktablar vaqtinchalik yopiladi.
Yoz oylarida esa, aksincha, aholi soni oshadi. Bu davrda Antarktida aholisi 5000 ga yetishi mumkin, qishda esa bu raqam 1000 kishiga tushadi. Shunday qilib, maktablar asosan yoz faslida faoliyat ko‘rsatadi.
Antarktida maktablari – bu insonning eng og‘ir sharoitlarda ham yashash va bilim olishga bo‘lgan intilishining yorqin namunasi. Ushbu maktablar nafaqat ta’lim, balki qit’ada inson hayotini tashkil etishning o‘ziga xos jihatlarini ham namoyon etadi. Garchi bu maktablar kichik va mavsumiy bo‘lsa-da, ular bolalar uchun noyob ta’lim muhitini yaratishga muvaffaq bo‘lgan.
Izohingizni tahrirlang