Top.Mail.Ru
Oddiy o‘qituvchilikdan vazir lavozimigacha

Тексты сайта переведены Google, возможны ошибки!

Oddiy o‘qituvchilikdan vazir lavozimigacha

17:28 / 10.02.2025 2.80k

O‘zbekiston Respublikasida ikki nafar Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri faoliyat yuritib, ularning biri Umarova Xilola Uktamovna bo‘lsa, ikkinchisi Kojabayeva Gulistan Talasbayevnadir.

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna hamda vazirlik haqidagi ayrim ma’lumotlar bilan tanishib chiqamiz.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi bevosita O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligiga bo‘ysunadi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri Kojabayeva Gulistan Talasbayevna 1970-yil 15-sentyabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Nukus shahridа tug‘ilgan. Millati – qoraqalpoq. Ma’lumoti – oliy. 1995-yilda Nukus davlat pedagogik institutini tаmomlаgаn.


Ixtisosligi rus tili vа аdаbiyoti fаni o‘qituvchisi. O‘zbekiston “Milliy tiklаnish” demokrаtik pаrtiyasi a’zosi. Mehnаt fаoliyatini 1995-yildа Nukus shahridagi 24-sonli umumiy o‘rtа tа’lim mаktаbidа rus tili vа аdаbiyoti fаni o‘qituvchisi sifаtidа boshlаgаn.


1998–2004-yillаrdа Nukus shahri 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorining o‘quv ishlari bo‘yicha o‘rinbosari, 2004-2013-yillarda Nukus shahri 29 -sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori, 2013-2023-yillarda Nukus shahri 2-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vaziri lavozimida ishlаb kelmoqda.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirining 3 nafar o‘rinbosarlari mavjud. Bular:


Dauletbaev Aybek Umirbekovich


Qabul kunlari: Seshanba kuni soat 15:00 - 17:00


Erejepov Alisher Barlıqbaevich


Qabul kunlari: Juma kuni soat 15:00 - 17:00


Shlimbetova Muxabbat Emjarovna


Qabul kunlari: Juma kuni soat 15:00 - 17:00


Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi tasarrufidagi umumta’lim muassasalarida jami 38 ming 878 nafar pedagog xodimlar faoliyat yuritib, ularning 73,9 foizi (36 ming 397 nafar)ni ayol pedagoglar tashkil qiladi.


Pedagoglarning 93,6 foizi oliy ma’lumotli, 3,9 foizi tugallanmagan oliy ma’lumotli, 2,5 foizini esa o‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchilar tashkil qiladi.


Vazirlikning rasmiy – kkbilim.uz veb-sayti yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, telegramda @kkeduuz nomli, shuningdek Facebook, Instagram hamda YouTube platformalarida ham rasmiy sahifalari mavjud. Murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha @QRmshmbministrligi_bot, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limining @bilimlendiriw_Korrupciya_bot manzili faoliyat yuritadi.


Rasmiy veb-sayt faol tarzda yuritiladi, har kunlik yangiliklar e’lon qilib boriladi. Ammo saytning ba’zi sahifalarida ma’lumotlar yetarli emas. Vazirlikning telegram sahifasi faol tarzda yuritiladi.


Hozirgi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi Nukus shahri, A.Dosnazarov ko‘chasi, 62-uyda faoliyat yuritadi.

Комментарии 0

Показать больше
Для комментирования зарегистрируйтесь!

Теги

  • МНО Каракалпакстана

Поделиться