Top.Mail.Ru
Bizning jamoa
team

Murodjon Xo‘janiyozov

Kolumnist

Murodjon Xo‘janiyozov — 1976-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, To‘rtko‘l tumanida tug‘ilgan.  U dastlab, 1993-1998-yillarda  Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining matematika fakultetini imtiyozli tamomlagan. Keyinchalik, 2002-2006-yillarda Toshkent davlat Iqtisodiyot universitetining bank ishi yo‘nalishini imtiyozli tamomlagan


Ish faoliyatini 1998-2002-yillarda tumandagi 16-o‘rta maktabda matematika fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2002-yildan hozirgacha  tumandagi 63-o‘rta maktabda matematika fanidan dars berib keladi. Qo‘shimcha repetitorlik faoliyati bilan ham shug‘ullanadi. 


YuoTube platformasida “Matematik Repetitor” sahifasi muallifi (136 000 dan ortiq obunachi, matematika faniga doir 1400 dan ortiq videolar joylashtirilgan). 7-sinf algebra darsligi mualliflaridan biri. Uch tilda chop etilgan “Top matematika” mavzulashtirilgan testlar to‘plami muallifi.

Shu vaqtga qadar yuzlab shogirdlari turli xil sohalarda faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Jumladan, ular ichida fan nomzodlari, fan doktorlari ham bor. 2025-yildan Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan ta’lim xodimi unvoniga ega bo‘lgan. Matematika fani bo‘yicha onlayn platforma “Kvadratik.uz” asoschisi.