Milliy sertifikat imtihonlari: nega o‘qituvchi va o‘quvchi bir auditoriyada?
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda juda ko‘plab fanlar yo‘nalishida milliy sertifikat tizimi joriy etildi. Bu tizim bilimni baholashda muhim qadam sifatida ko‘rilmoqda. Imtihonlarni tashkil etish bilan Bilim va malakalarni baholash agentligi shug‘ullanadi. Biroq amaliyotda ayrim savollar ochiq qolmoqda. Shulardan biri — nega o‘qituvchi va o‘quvchi bir auditoriyada o‘tirib imtihon topshiradi?
Tasavvur qiling: bir maktabda dars beradigan o‘qituvchi va uning o‘quvchisi yonma-yon test ishlamoqda. Bu holat ikki tomon uchun ham psixologik bosim tug‘dirmaydimi? O‘qituvchi o‘z shogirdi oldida imtihon topshiryapti, o‘quvchi esa ustozini kuzatib turibdi. Natija e’lon qilingach, agar o‘quvchi ustozidan yuqori ball olsa-chi?
Albatta, bilim ustuvor. O‘quvchi ustozidan yuqori natija ko‘rsatishi tabiiy hol bo‘lishi mumkin. Ammo, masalaning insoniy va tarbiyaviy tomoni ham bor. Ustoz — nafaqat bilim beruvchi, balki tarbiyachi va namuna. Jamiyatimizda ustozga bo‘lgan hurmat alohida o‘rin tutadi.
Agar o‘quvchi ustozidan yuqori natija ko‘rsatsa, bu rivojlanish belgisi sifatida qabul qilinishi kerak. Ammo maktab ichidagi muhit har doim ham ideal emas. Bunday vaziyat noto‘g‘ri talqin qilinishi, o‘quvchining ustozga nisbatan ichki munosabatiga ta’sir ko‘rsatishi ehtimoldan holi emas. Gap raqobatda emas, rollarning aralashib ketishidadir.
Milliy sertifikat — bu bilimni mustaqil va shaffof baholash mexanizmi. Unda tenglik tamoyili muhim. Lekin tashkiliy jihatdan o‘qituvchi va o‘quvchini alohida auditoriyalarda imtihon qilish imkoniyati yo‘qmi? Bu ehtimol, qo‘shimcha xarajat talab qilar. Ammo ta’lim tizimida ustozning obro‘si va maktabdagi sog‘lom psixologik muhit bundan muhimroq emasmi?
Narxi biroz balandroq bo‘lsa ham, alohida tashkil etish masalasini ko‘rib chiqish zarur. Chunki, o‘qituvchi va o‘quvchi bir-biriga raqib emas. Ular bir maqsad yo‘lida hamkor. Sertifikat esa professional baholash vositasi bo‘lishi kerak, rollar sinov jarayonida aralashib ketmasligi maqsadga muvofiq.
Milliy sertifikat tizimi — ijobiy qadam. Ammo har qanday tizim takomillashishga muhtoj. Imtihon jarayonini yanada nozikroq, adolatliroq va pedagogik jihatdan to‘g‘riroq tashkil etish vaqti kelmadimi?
Izohlar 35
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Endi maktabga ishga kirmoqchi bo‘lgan pedagoglar test orqali ishga qabul qilinadi
Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi eng korrupsiyalashgan tizim sifatida tilga olindi
29-avgustga qadar barcha hududlarda “Ustozlar milliy forumi” bo‘lib o‘tadi
Ta’limga ajratilgan mablag‘lar nimalarga sarflandi?
Mavzuga doir yangiliklar
So'ragan edingiz
Milliy sertifikat bor, ammo EduERP’da “ustama to‘lanmaydi” chiqyapti: sabab nima?
Meni maktabimda ona tili va adabiyot fanidan o‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan ustozimiz A sertifikatini oldi, umumiy balli 66.82. Lekin erp.maktab.uz saytida ustama to‘lanadi degan joyiga “yo‘q” (to‘lanmaydi) chiqib turibdi. Shu savolga javob kerak, ustama to‘lanadimi yoki yo‘q?
Yangiliklar
Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun milliy sertifikat joriy etildi
Boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchilariga milliy sertifikat berish tizimi tasdiqlandi. Mazkur hujjat bilan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining bilim darajasi va pedagogik mahoratini baholashning mutlaqo yangi tartibi joriy etildi.
Yangiliklar
“X-variant” masalasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 13 kishi hibsga olindi — Hindiston
2026-yilning may oyida Hindistonda tibbiyot oliygohlariga qabul uchun o‘tkazilgan NEET-UG imtihoni mamlakat tarixidagi eng yirik mojarolaridan biriga aylandi.
Yangiliklar
“X-variant” mojarosiga to‘liq nuqta qo‘yildimi?
Agentlik tahririyat bilan bog‘lanib, bir qancha savollarimizga javob berib, tarix fanidan o‘tkazilgan “Milliy sertifikat” imtihonining tahliliy natijalarini ham tahririyat ixtiyoriga topshirdi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang