Top.Mail.Ru
Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?

Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?

08:40 / 28.04.2026 45.73k

Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti? Bu holat ko‘pchilikda tushunmovchilik va norozilik uyg‘otmoqda. Aslida esa bu muammoning bir nechta sabablari mavjud va ularni tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz.


Baholash tizimlari turlicha


Milliy sertifikat ko‘proq nazariy bilim va fan asoslarini tekshiradi. Savollar ko‘pincha aniq, mantiqiy va standart bo‘ladi. Malaka toifa imtihonida esa nafaqat bilim, balki tez fikrlash, murakkab vaziyatda qaror qabul qilish, pedagogik yondashuv ham sinovdan o‘tkaziladi. Ya’ni biri bilimni o‘lchasa, ikkinchisi kompetensiyani o‘lchaydi.


Test formati va savollar sifati


Ko‘plab o‘qituvchilar malaka imtihonidagi savollarni chalkash, ikki xil talqinli yoki amaliyotdan uzoq deb baholashmoqda. Natijada kuchli bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi ham savolni noto‘g‘ri tushunib, ball yo‘qotadi.


Psixologik bosim


Milliy sertifikat topshirishda muhit nisbatan erkinroq bo‘ladi, malaka toifa imtihoni esa ish faoliyatiga ta’sir qiladi: toifa, maosh va obro‘ bilan bog‘liq. Shuning uchun kuchli o‘qituvchi ham ba’zan hayajon sababli o‘z darajasini ko‘rsata olmasligi mumkin.


Tayyorgarlik yo‘nalishidagi farq


Ko‘pchilik o‘qituvchilar milliy sertifikatga aniq reja asosida, tizimli tayyorgarlik bilan tayyorlanadi. Ammo malaka imtihoni uchun ko‘pincha aniq metodika yo‘q,savollar bazasi ochiq emas,mashq qilish imkoniyati kam,bu esa natijaga salbiy ta’sir qiladi.


Amaliyot va nazariya o‘rtasidagi tafovut


A+ daraja — bu o‘qituvchi o‘z fanini mukammal bilishini ko‘rsatadi.  Ammo malaka imtihoni: darsni qanday tashkil qilish, o‘quvchi bilan ishlash, real vaziyatlarda yechim topish,kabi jihatlarni ham talab qiladi.Ya’ni kuchli matematik bo‘lish — har doim ham kuchli pedagog bo‘lish degani emas.

Shu yerda bitta yaqqol voqeani qo‘shib ketmoqchiman. Biz talaba bo‘lgan paytlarimizda yosh o‘qituvchimiz bo‘lardi. Matematikadan shunday kuchli ediki, u yecholmaydigan misol yoki masala deyarli topilmasdi. Lekin o‘z bilgan narsasini talabalarga yetkazib berishga qiynalardi. Keyinchalik o‘qituvchilikni tashlab boshqa sohaga o‘tib ketdi deb eshitdim.


Xulosa


Milliy sertifikat va malaka toifa imtihoni — bu bir-birini to‘ldiruvchi, lekin turli yo‘nalishdagi baholash tizimlaridan iborat. Ha,  aynan baholash tizimi bir-biridan butunlay farq qiladi.


Shu sababli A+ olgan o‘qituvchining boshqa imtihonda past natija ko‘rsatishi — bu uning bilimsizligini emas, balki tizimlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatadi. Shuning uchun tizim o‘qituvchi bilimini  faqat  testlar yordamida baholash bilan cheklanmasdan, boshqa alternativ variantlarni ham ko‘rib chiqish vaqti keldi chamamda.

Sabablaridan yana bir og‘riqlisi shundan iboratki, ba’zi o‘qituvchilar darsi qolib, “yiqilmaslik” uchun dars paytidayam testlar yechish bilan mashg‘ul.

Izohlar 45

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Attestatsiya

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Endilikda attestatsiyadan o‘tmasdan turib, ikkinchi va birinchi malaka toifasini olishi mumkin bo‘ladi

Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 29-iyuldagi 411-son qarori bilan kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda pedagoglarning oliy ma’lumot darajasi va o‘qishdagi natijalariga qarab ularga malaka toifalari beriladi.

15:40 / 30.07.2026
So'ragan edingiz

Muntazam attestatsiyadan o‘tolmagan o‘qituvchini ishdan bo‘shatish mumkinmi?

Murojaat mualliflarining aytishicha, bunday xodimlar turli sabablar, jumladan, tanish-bilish yoki yaqinlarining mansabidan foydalangan holda hanuz ishda qolmoqda. Navbatdagi murojaatda ham o‘quvchilarning bilim darajasi keskin pasayib ketgan, attestatsiyadan yillar davomida o‘ta olmayotgan o‘qituvchi bilan mehnat shartnomasini qonuniy asosda bekor qilish mumkinmi, degan savol o‘rtaga tashlangan.

10:46 / 30.07.2026
Ta'lim siyosati

Bo‘lajak pedagoglar bilimini ikki marta baholashdan mantiq bormi?

O‘qituvchi malaka toifasi olishi uchun test topshiradi, vazir jamg‘armasi ustamasi uchun test topshiradi, qo‘shimcha ustamalar uchun test topshiradi. Endi esa navbat hali oliygohni tamomlamagan bo‘lajak pedagoglarga keldi.

18:56 / 14.06.2026
Ta'lim siyosati

Bir xil test, ikki xil bosqich: vazirlik bo‘lajak o‘qituvchilar uchun yangi diagnostika tizimini tasdiqladi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ta’lim ekspertlari va jamoatchilik tomonidan bildirilgan e’tirozlarga qaramay, hujjatni amaldagi tahririda davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

15:45 / 11.06.2026