Nega milliy sertifikatda A+ olgan o‘qituvchi malaka toifa imtihonidan yiqilmoqda?
Bugungi ta’lim tizimida ko‘plab o‘qituvchilar orasida bir savol keng tarqalgan: nega milliy sertifikatda yuqori — A+ darajaga erishgan pedagoglar ham malaka toifa imtihonlarida kerakli ballni to‘play olmayapti? Bu holat ko‘pchilikda tushunmovchilik va norozilik uyg‘otmoqda. Aslida esa bu muammoning bir nechta sabablari mavjud va ularni tahlil qilishga harakat qilib ko‘ramiz.
Baholash tizimlari turlicha
Milliy sertifikat ko‘proq nazariy bilim va fan asoslarini tekshiradi. Savollar ko‘pincha aniq, mantiqiy va standart bo‘ladi. Malaka toifa imtihonida esa nafaqat bilim, balki tez fikrlash, murakkab vaziyatda qaror qabul qilish, pedagogik yondashuv ham sinovdan o‘tkaziladi. Ya’ni biri bilimni o‘lchasa, ikkinchisi kompetensiyani o‘lchaydi.
Test formati va savollar sifati
Ko‘plab o‘qituvchilar malaka imtihonidagi savollarni chalkash, ikki xil talqinli yoki amaliyotdan uzoq deb baholashmoqda. Natijada kuchli bilimga ega bo‘lgan o‘qituvchi ham savolni noto‘g‘ri tushunib, ball yo‘qotadi.
Psixologik bosim
Milliy sertifikat topshirishda muhit nisbatan erkinroq bo‘ladi, malaka toifa imtihoni esa ish faoliyatiga ta’sir qiladi: toifa, maosh va obro‘ bilan bog‘liq. Shuning uchun kuchli o‘qituvchi ham ba’zan hayajon sababli o‘z darajasini ko‘rsata olmasligi mumkin.
Tayyorgarlik yo‘nalishidagi farq
Ko‘pchilik o‘qituvchilar milliy sertifikatga aniq reja asosida, tizimli tayyorgarlik bilan tayyorlanadi. Ammo malaka imtihoni uchun ko‘pincha aniq metodika yo‘q,savollar bazasi ochiq emas,mashq qilish imkoniyati kam,bu esa natijaga salbiy ta’sir qiladi.
Amaliyot va nazariya o‘rtasidagi tafovut
A+ daraja — bu o‘qituvchi o‘z fanini mukammal bilishini ko‘rsatadi. Ammo malaka imtihoni: darsni qanday tashkil qilish, o‘quvchi bilan ishlash, real vaziyatlarda yechim topish,kabi jihatlarni ham talab qiladi.Ya’ni kuchli matematik bo‘lish — har doim ham kuchli pedagog bo‘lish degani emas.
Shu yerda bitta yaqqol voqeani qo‘shib ketmoqchiman. Biz talaba bo‘lgan paytlarimizda yosh o‘qituvchimiz bo‘lardi. Matematikadan shunday kuchli ediki, u yecholmaydigan misol yoki masala deyarli topilmasdi. Lekin o‘z bilgan narsasini talabalarga yetkazib berishga qiynalardi. Keyinchalik o‘qituvchilikni tashlab boshqa sohaga o‘tib ketdi deb eshitdim.
Xulosa
Milliy sertifikat va malaka toifa imtihoni — bu bir-birini to‘ldiruvchi, lekin turli yo‘nalishdagi baholash tizimlaridan iborat. Ha, aynan baholash tizimi bir-biridan butunlay farq qiladi.
Shu sababli A+ olgan o‘qituvchining boshqa imtihonda past natija ko‘rsatishi — bu uning bilimsizligini emas, balki tizimlar o‘rtasidagi tafovutni ko‘rsatadi. Shuning uchun tizim o‘qituvchi bilimini faqat testlar yordamida baholash bilan cheklanmasdan, boshqa alternativ variantlarni ham ko‘rib chiqish vaqti keldi chamamda.
Sabablaridan yana bir og‘riqlisi shundan iboratki, ba’zi o‘qituvchilar darsi qolib, “yiqilmaslik” uchun dars paytidayam testlar yechish bilan mashg‘ul.
Комментарии 45
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Тематические новости
Новости
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Sinovlar hududlar kesimida tasdiqlangan jadval va manzillar asosida tashkil etiladi. Malaka sinovlari jami 45 ta fan va yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilishi uchun test materiallari tayyorlangan.
You asked
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?
MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Аттестация
Kuzgi attestatsiya o‘tkaziladigan sana va manzillar aniq bo‘ldi
Maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglari uchun 2026-yil avgust–dekabr oylarida o‘tkaziladigan malaka toifasi sinovlarining sanalari hamda test sinovlari o‘tkaziladigan manzillar belgilandi.
Вы знаете?
Kuzgi pedagog kadrlar attestatsiyasi qay tartibda o‘tkaziladi?
Pedagoglar uchun attestatsiya jarayoni qanday tashkil etiladi? Test sinovida nechta va qanday topshiriqlar beriladi, har bir bosqichda pedagoglar qanday baholanadi, testga nimalarni olib kirish mumkin emas, test natijalaridan norozi bo‘lgan pedagog qanday tartibda apellyatsiya berishi mumkin? Quyida pedagoglar uchun eng muhim jihatlarni tushuntiramiz.
Русский
Редактировать комментарий