Haj safari sababli attestatsiyada qatnasha olmagan o‘qituvchilar uchun imkoniyat beriladimi?
Savol
Kuzgi attestatsiyada qatnashishim kerak edi. Lekin fanim bo‘yicha test bo‘ladigan kuni men haj-umra safarida bo‘lar ekanman. Endi nima qilsam bo‘ladi? Haj safaridan qaytganimdan keyin qatnashsam bo‘ladimi yoki buni imkoni yo‘qmi?
Javob
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentyabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 45-bandiga ko‘ra pedagog kadrlar attestatsiyaga uzrli sababga ko‘ra kelmagan bo‘lsa, ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilishi belgilangan.
Nizom talablariga ko‘ra, quyidagi holatlar uzrli sabablar hisoblanadi:
- xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizligi;
- davlat yoki jamoat vazifalarini bajarganligi;
- respublika va xalqaro musobaqalarda ishtirok etganligi;
- vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi;
- yaqin qarindoshining vafoti;
- vakolatli davlat organi yoki ta’lim tashkilotlari rahbarlarining ma’lumotnomasida ko‘rsatilgan boshqa asoslar.
Bunda pedagog kadrlar uzrli sabablarga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyaga kelmaganligi tufayli ularning attestatsiyasi boshqa muddatga ko‘chirilgan taqdirda, yig‘im takroran undirilmaydi.
Ma’lumki, joriy yilning 26-oktabr sanasidan boshlab, 28-noyabr sanasiga qadar pedagog xodimlar uchun attestatsiya test sinovlari bo‘lib o‘tadi. Biroq, nizomda uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiyada qatnashmagan pedagoglar uchun tashkil etiladigan test sinovlari asosiy test sinovlari bo‘lib o‘tganidan keyin aynan qancha muddatda o‘tkazilishi bo‘yicha aniq norma belgilanmagan.
Bunda uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari bo‘lib o‘tadigan kunlar Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan e’lon qilinadi.
Odatda, uzrli sabablarga ko‘ra malaka (test) sinovlarida ishtirok eta olmagan pedagoglar uchun test sinovlari asosiy attestatsiya jarayonlari tugaganidan so‘ng tashkil qilinadi. Ya’ni, kuzgi attestatsiyada uzrli sabablarga ko‘ra qatnasholmaganlar uchun dekabr oyida test sinovlari tashkil etilishi mumkin.
Shu sababli, o‘qituvchi test kuni haj safarida bo‘lsa, vaqtincha xorijiy mamlakatda safarda bo‘lganligi tufayli u boshqa muddatga ko‘chirilgan muddatlarda attestatsiyada ishtirok etishi mumkin.
Biroq, alohida bir o‘qituvchi uchun test tashkil etilmaydi. Pedagog vazirlik tomonidan uzrli sabablarga ko‘ra testda qatnasha olmagan pedagoglar uchun belgilangan qo‘shimcha kunlarda test sinovida ishtirok etishi kerak bo‘ladi.
Bunda pedagog xodim xorijiy davlatga safarga ketayotgani haqida ish beruvchini oldindan xabardor qilishi lozim. Ish beruvchi esa uni uzrli sabablarga ko‘ra attestatsiya test sinovlarida qatnasha olmaydigan pedagoglar ro‘yxatiga kiritadi.
Eslatib o‘tamiz, pedagog kadr uzrsiz sababga ko‘ra attestatsiyada ishtirok etmagan bo‘lsa, u attestatsiyadan o‘tmagan hisoblanadi hamda uning tegishli malaka toifasi (lavozimi) bir pog‘ona tushiriladi.
Комментарии 1
Для комментирования зарегистрируйтесь!
Новости
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Toshkentda Markaziy Osiyo taʼlim forumi ish boshladi
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Тематические новости
Новости
Farg‘onada attestatsiya test savollarini rasmga olib tarqatgan o‘qituvchi aniqlandi
Mazkur holat yuzasidan Pedagogik mahorat va xalqaro baholaş ilmiy-amaliy markazi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish natijasida Farg‘ona viloyatidagi 26-sonli umumta’lim maktabi o‘qituvchisi X.N.K. ruxsat etilmagan maxsus qurilma yordamida test savollarini suratga olgani aniqlandi.
Новости
Kuzgi attestatsiyada 240 mingdan ortiq oʻqituvchi ishtirok etadi
Taʼlim va ilm-fan vazirligining xalqtaliminfo.uz'ga ma’lum qilishicha, bu yil sinovlarda qatnashish istagini bildirgan pedagoglardan 302 ming 422 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 16 ming 604 tasi, yaʼni 5,5 foizi navbatdagi majburiy attestatsiyaga, qolgan 285 mingdan ortigʻi esa navbatdan tashqari attestatsiyaga tegishli.
Новости
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Sinovlar hududlar kesimida tasdiqlangan jadval va manzillar asosida tashkil etiladi. Malaka sinovlari jami 45 ta fan va yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilishi uchun test materiallari tayyorlangan.
You asked
O‘qituvchi attestatsiya testini boshqa hududda topshirishi mumkinmi?
MMTVning 334-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan yo‘riqnomaga ko‘ra, ayrim asosli holatlarda pedagogga doimiy yoki vaqtincha yashash hududidan boshqa hududda test topshirishga ruxsat berilishi mumkin.
Русский
Редактировать комментарий