Top.Mail.Ru
Sariosiyodagi maktablarda loladaraxti yetishtirish boshlandi

Sariosiyodagi maktablarda loladaraxti yetishtirish boshlandi

13:00 / 20.04.2025 367

Suratdagi o‘simlik manzarali loladaraxti bo‘lib, asosan Shimoliy Amerikada yetishtiriladi. Loladaraxt (lotincha nomi Liriodendron tulipifera) — Magnoliyalar oilasiga mansub bo‘lib, asosan Shimoliy Amerikada o‘suvchi manzarali daraxt turi hisoblanadi. 


Tashqi ko‘rinishi bilan lola gullarini eslatuvchi chiroyli gullari sababli bu daraxt “tulip tree”, ya’ni “lola daraxti” deb ataladi. Daraxt balandligi 15–30 metrgacha yetadi, shox-shabbasi keng yoyiladi.



Hozirda ushbu daraxtning 18 kg urug‘lari Sariosiyo tumanidagi 24-maktabning bo‘sh turgan yer maydoniga ekildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati xabar berdi. 


Loladaraxtining 1 kg urug‘idan ming dona ko‘chat olinishi mumkin. Ushbu daraxt chiroyli manzara bilan birga daromad manbayi ham. 


Daraxtning 1 dona ko‘chati o‘rtacha 370 ming so‘mga baholanadi. Qolaversa, yog‘ochidan mebel, musiqa asboblari, radiopriyomniklar tayyorlashda, qishloq xo‘jaligi mashinasozligida, qog‘oz sanoatida keng foydalaniladi.


“24-maktab tajribasi o‘zini oqlaydigan bo‘lsa, kelgusida hududdagi barcha maktablarda loladaraxti yetishtirilishi ko‘zda tutilgan”, deyiladi xabarda.

Izohlar 2

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Surxondaryo MMTB
  • Obodonlashtirish

Ulashish