Top.Mail.Ru
Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

Gulnora Karimova o‘zlashtirgan pullardan ta’limga ham yo‘naltirilmoqda

11:40 / 24.04.2025 3.99k

Gulnora Karimova tomonidan noqonuniy o‘zlashtirgan Shveysariyadagi mablag‘lardan ma’lum bir qismi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda 24-aprel kuni Olmaliq shahrida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fozilkarimov ma’lum qildi.


Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy aktivlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusiga ko‘ra, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga yo‘naltirilmoqda.


Bu haqda 2022-yil 16-avgustda O‘zbekiston bilan Shveysariya o‘rtasida restitutsiya bitimi imzolangan edi. Mazkur bitim doirasida O‘zbekiston Respublikasi, Shveysariya va BMT hamkorligida BMTning ko‘p tomonlama trast jamg‘armasi huzurida “Ishonch” jamg‘armasi tashkil etilgan. 


Bitim doirasida birinchi transh uchun 131 million dollar mablag‘ni qaytarish bo‘yicha kelishuvga erishilgan.


Jumladan, “Ishonch” jamg‘armasi hisobidan ta’lim sohasida mo‘ljallangan ishlar ikkita komponentga bo‘lingan holda amalga oshirilmoqda. Birinchisi bo‘yicha axborot texnologiyalari va raqamli yechimlarni kengaytirish orqali ta’lim imkoniyatlarini oshirish loyihasi ishga tushirilgan.


Ikkinchi komponentga asosan, xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda, maktablarda sanitariya-gigiyena tizimini yaxshilash, isitish tizimini modernizatsiya qilish, maktablarni boshqarishga jamoatchilikni jalb qilishga qaratilgan loyiha taklifi ishlab chiqilgan.


“Shu munosabat bilan, Shveysariya hududida musodara qilingan noqonuniy mablag‘lar O‘zbekiston xalqi manfaatlari yo‘lida qaytarilganini olqishlaymiz. 

Bu kelishuvga va ijtimoiy loyihalarga hissa qo‘shayotgan barcha xalqaro tashkilotlar vakillariga minnatdorlik bildiramiz”, deyiladi vazirlik Axborot xizmati xabarida.

Izohlar 0

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Ta'lim siyosati
  • Davlat budjeti

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Ta'lim siyosati

Ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’limdagi muammolarni hal qiloladimi? — ekspertlar bilan suhbat

Ikki yirik vazirlik — Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklari qo‘shib yuborildi. Endilikda maktabgacha ta’limdan tortib oliy ta’lim, undan keyingi ta’lim, shuningdek, qo‘shimcha va norasmiy ta’lim siyosati yagona — Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan belgilanadi. Xo‘sh, ikki yirik vazirlikning birlashtirilishi ta’lim boshqaruvidagi mavjud muammolarni hal qilish uchun yetarlimi?

21:32 / 05.10.2026
Yangiliklar

Yangi Ta’lim va ilm-fan vazirligining vazifalari va tashkiliy tuzilmasi bir hafta ichida belgilanadi

O‘zbekistonda maktabgacha ta’limdan tortib oliy hamda undan keyingi ta’limgacha bo‘lgan tizimni yagona boshqaruv asosida birlashtirishga qaratilgan yangi islohotlar davri boshlandi.

13:42 / 04.10.2026
Bilasizmi?

Yangi ta’lim vazirini tayinlash bo‘yicha qarorni kimlar qabul qiladi?

Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, ayni vaqtda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova hamda uning o‘rinbosarlari, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘iratboy Sharipov va uning o‘rinbosarlari ham lavozimidan ozod etilgan. Bu Maktabgacha va maktab ta’limi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarining tugatilib, ularning negizida yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi tashkil etilgani bilan bog‘liq.

22:47 / 03.10.2026
So'ragan edingiz

36 nafar o‘quvchini 2 ta sinfga komplektlash mumkinmi?

Umumta’lim muassasalarining sinflari o‘quvchilar sonidan kelib chiqib, shahar hududi va tuman markazlarida 25 ― 35 nafargacha, qishloq hududlarida esa 20 ― 35 nafargacha (olis (tog‘li, cho‘lli) hududlarda joylashgan umumta’lim muassasalari bundan mustasno) komplektlanadi.

09:10 / 23.09.2026