Fan olimpiadalaridan 2 oylik natija - 110 ta medal
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining xabar berishicha, so‘nggi ikki oyda o‘quvchilar turli fan olimpiadalaridan 110 ta medalni qo‘lga kiritishdi.
Natijalar quyidagicha:
- Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasini O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza medal bilan yakunladi.
O‘tkazilgan joyi: 14-19-mart, Adigeya Respublikasi
Ishtirokchi davlatlar soni: 20 ga yaqin
- Yevropa qizlar olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta kumush, 2 ta bronza medal sohibi bo‘ldi.
O‘tkazilgan joyi: 11-17-aprel, Kosova
Ishtirokchi davlatlar soni: 55 ta
- Xalqaro robototexnika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 5 ta oltin, 5 ta kumush, 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 15-20-aprel, Turkiya
Ishtirokchi davlatlar soni: 20 ga yaqin
- II Xalqaro Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 4 ta bronza medalga ega bo‘ldi.
O‘tkazilgan joyi: 21-25-aprel, Turkmaniston
Ishtirokchi davlatlar soni: 15 ga yaqin
- Bolqon Matematika Olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta oltin, 4 ta kumush medal sohibi bo‘ldi.
O‘tkazilgan joyi: 25-30-aprel, Bosniya va Gersogovinya
Ishtirokchi davlatlar soni: 30 ga yaqin
- Osiyo Fizika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 4-12-may, Saudiya Arabistoni
Ishtirokchi davlatlar soni: 27 ta
- Xalqaro ingliz tili olimpiadasi (ELO) da O‘zbekiston terma jamoasi 9 ta kumush medal, 6 ta kubokni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 8-12-may, Iordaniya
Ishtirokchi davlatlar soni: 30 ga yaqin
- Al-Xorazmiy nomidagi xalqaro matematika va informatika olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 7 ta oltin, 13 ta kumush va 30 ta bronza medal oldi.
O‘tkazilgan joyi: 8-12-may, O‘zbekiston
Ishtirokchi davlatlar soni: 9 ta
- 59-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasida O‘zbekiston terma jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
O‘tkazilgan joyi: 5-13-may, Braziliya
Ishtirokchi davlatlar soni: 40 ta
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga ko‘ra, 2025-yil 1-iyundan boshlab nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘olib va sovrindorlariga to‘lanadigan bir martalik pul mukofotining amaldagi miqdorlari 5 baravarga oshiriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ikki nafar maktab o‘quvchisi is gazidan vafot etdi
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
Endi maktablarda “Kelajak” markazlarining tarmoq to‘garaklari tashkil qilinadi
Maktablarning haqiqiy ahvoli ochiqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
2026-yilda O‘zbekiston ikkita xalqaro olimpiadaga mezbonlik qiladi
2026-yilda O‘zbekiston 58-Xalqaro Kimyo Olimpiadasi hamda 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasiga mezbonlik qiladi.
Yangiliklar
Endi ilm-fan ortidan ham milliarder bo‘lish mumkin
2025-yilda xalqaro fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘zbekistonlik o‘quvchilar va ularning ustozlariga jami 13 mlrd so‘m pul mukofoti topshirildi.
So'ragan edingiz
Olimpiadadagi past natija uchun o‘qituvchini jazolash to‘g‘rimi?
Fan olimpiadasida o‘quvchining yetarli ball to‘play olmaganligi uchun pedagog xodimga intizomiy jazo qo‘llab bo‘lmaydi.
Yangiliklar
O‘quvchilar o‘rtasida Alisher Navoiy olimpiadasi o‘tkazilib, g‘oliblar grand asosida o‘qishga qabul qilinadi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tilini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang