Deyarli ikki yillik tanaffusdan so‘ng TRMga yangi direktor tayinlandi
Xabaringiz bor, 2024-yil 13-fevral kuni Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi sobiq direktori Xamidov Vohid Sobirovich boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktori lavozimidan ozod etilgandi.
2024-yil fevral oyidan buyon esa ushbu lavozimga hech kim tayinlanmagandi. Ta’limni rivojlantirish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajarib turish esa, direktor o‘rinbosari Risyukova Yuliya Vasilyevnaga yuklatilgandi.
U ikki yilga yaqin vaqt davomida Ta’limni rivojlantirish markazi direktori vazifasini vaqtincha bajarib keldi.
Joriy yilning 4-noyabr kuni esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining farmoyishi bilan Risyukova Yuliya Vasilyevnaning o‘zi aynan shu lavozimga rasman tayinlandi.
Tayinlov haqidagi farmoyishni Prezident Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari Hilola Umarova o‘qib eshittirdi.
Izohlar 1
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
O‘qituvchilar attestatsiyasini o‘tkazuvchi markaz boshqa tashkilotga qo‘shib yuborildi
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Tayinlov
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang