Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga yangi rahbar tayinlandi
Ayapov Amanjol Tlepovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri etib tayinlandi.
Joriy yilning 28-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda Ayapov Amanjol Tlepovichni Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kenges qo‘mita raisi Murat Atamuratov jamoaga tanishtirdi.
Amanjol Ayapov bir necha yillar O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali direktori sifatida faoliyat yuritib kelgan. 2017−2020-yillarda Qoraqalpog‘iston Xalq ta’limi vaziri lavozimida ishlagan.
Amanjol Ayapov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri lavozimiga tayinlangunga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kasbiy ta’lim agentligi direktori lavozimida ishlayotgandi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Farg‘onadagi uchta bog‘chada bolalar kasallanishi holati kuzatildi
Ertadan pedagoglar uchun kuzgi attestatsiya sinovlari boshlanadi
Ta’lim tizimida psixologik xizmatni rivojlantirish bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi
“Aravani tortolmagan kadr bizning oramizda bo‘lmaydi” — Erkinjon Turdimov
Mavzuga doir yangiliklar
Tayinlov
Ta’lim va ilm-fan vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
Erkinjon Turdimovdan ham avvalroq vazirlik qayta tashkil etilgan kunning o‘zida vazirning komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari tayinlangandi. Biroq, boshqa o‘rinbosarlar tayinlanmagandi. Bugun mazkur tayinlovlar amalga oshirildi.
Tayinlov
Hokim Erkinjon Turdimov Ta’lim va ilm-fan vaziri etib tayinlandi
Surxandaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov yangi tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligiga rahbar etib tayinlandi.
Tayinlov
MMTV sobiq matbuot kotibi Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi axborot xizmati rahbari lavozimiga tayinlandi
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi direktorining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchi lavozimiga Rustamova Laylo Suvankulovna tayinlandi.
Tayinlov
Toshkent shahar MMTBga yangi rahbar tayinlandi
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Raximjonov Jamshid Rafiqjon o‘g‘li boshqarma boshlig‘i lavozimiga vaqtincha vazifa bajaruvchi etib tayinlandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang