Top.Mail.Ru
Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi

Samarqandda ham MMTB mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi

14:23 / 23.09.2026 1.50k

Samarqand viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qildi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.


Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlanishicha, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ul shaxslari 90 863 dona suyuq sovunni qimmat narxlarda xarid qilib, 1,1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilgan.


Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Bundan bir necha kun avval Namangandagi bog‘chalardan birida isitish qozonlari xaridida 1 mlrd so‘m talon-toroj qilingani haqida xabar berilgan edi.

Izohlar 1

Ko'proq ko'rish
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!

Teglar

  • Korrupsiya

Ulashish

line

Mavzuga doir yangiliklar

Yangiliklar

Maktab farroshligi uchun 1500$, bog‘cha tarbiyachiligi uchun 500$ olgan direktorlarga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Surxondaryo viloyati maktabgacha va maktab ta’lim tizimida fuqarolarni ishga joylash evaziga pora olish va pora berish bilan bog‘liq holat aniqlandi, ta’lim tashkiloti rahbarlariga sud hukmi bilan tegishli jazolar tayinlandi. Xalqtaliminfo.uz sud hujjatlari bilan tanishdi.

15:15 / 08.10.2026
Yangiliklar

Vazirlik attestatsiya testlarini yana pullashni boshladimi?

Ayni paytda esa sinov.uz platformasida attestatsiyaga tayyorgarlik uchun mo‘ljallangan testlar yana 25 ming so‘mdan sotuvga qo‘yilgan. Platformada turli fanlar bo‘yicha attestatsiyaga tayyorgarlik testlari mavjud.

13:45 / 16.09.2026
Yangiliklar

MMTB mas’ullari 1 mlrd so‘mlik budjet mablag‘larini talon-toroj qilgani aniqlandi

Ta’lim muassasalari uchun “ABS” rusumli isitish qozonlari sotib olinishi lozim bo‘lgan. Biroq, amalda shartnomada ko‘rsatilgan mahsulot o‘rniga “LES” rusumli isitish qozonlari xarid qilingan.

11:13 / 16.09.2026
Yangiliklar

Pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish maqsadida noqonuniy sxema tuzgan shaxslarga sud hukmi o‘qildi

Avvalroq, pedagog xodimlarni attestatsiya hamda kasbiy sertifikatlashdan o‘tkazib qo‘yish maqsadida amalga oshirilgan bir qancha noqonuniy harakatlar fosh bo‘lgani haqida xabar bergadik. Mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari boshlangandi.

16:33 / 14.09.2026