Maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi: o‘quvchilar imlosini baholashda yengillik berilishi mumkin
Adliya vazirligining Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirilgan Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida o‘zbek alifbosiga kiritilgan o‘zgarishlarni ta’lim tizimiga joriy etish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilanomoqda.
Loyihaga ko‘ra, maktabgacha ta’limdan oliy ta’limgacha bo‘lgan barcha ta’lim bosqichlarida takomillashtirilgan o‘zbek alifbosi va yangi imlo qoidalarini joriy etish bo‘yicha yagona tashkiliy reja ishlab chiqiladi.
Maktab darsliklari 2027–2031-yillarda bosqichma-bosqich yangilanadi
Umumta’lim maktablarining 1–11-sinflari uchun o‘zbek tilidagi darsliklar va o‘quv-metodik majmualarni yangi tahrirdagi lotin alifbosiga bosqichma-bosqich moslashtirish rejalashtirilmoqda.
Buning uchun avvalo mavjud darsliklar sinflar va fanlar kesimida xatlovdan o‘tkaziladi. Ularning oxirgi nashr yili va navbatdagi nashr muddati aniqlanib, yangi alifboda chop etish jadvali tasdiqlanadi.
Bunda 1-sinf darsliklarini 2027/2028-o‘quv yilidan boshlab yangi alifboda joriy etish nazarda tutilgan. Qolgan sinflar darsliklari esa 2027–2031-yillar davomida bosqichma-bosqich moslashtirilishi rejalashtirilgan.
Pedagoglarning yangi alifbo va imlo qoidalaridan foydalanish bo‘yicha kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish ham ko‘zda tutilgan.
Xususan, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari dasturlariga alifbo hamda imlo qoidalaridagi o‘zgarishlarga oid maxsus o‘quv modullari kiritiladi.
Shuningdek, 2027-yildan boshlab o‘qituvchilar uchun seminar-treninglar, qisqa muddatli o‘quv kurslari, vebinarlar va metodik mashg‘ulotlar tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
5–11-sinf o‘quvchilariga imloviy savodxonlik bo‘yicha yengillik berilishi mumkin
Loyihadagi e’tiborli bandlardan yana biri yuqori sinf o‘quvchilarining imloviy savodxonligini baholash bilan bog‘liq.
Unga ko‘ra, 2028-yil 1-avgustga qadar 5–11-sinf o‘quvchilari uchun imloviy savodxonlikni baholashda muayyan yengillik berishni nazarda tutuvchi vaqtinchalik uslubiy yo‘riqnoma ishlab chiqish taklif etilmoqda.
Ushbu yo‘riqnoma mezonlarini yakuniy davlat attestatsiyasi va oliy ta’limga kirish imtihonlarida ham qo‘llash ko‘zda tutilgan.
Bunda yangi alifbo va imlo qoidalariga moslashish davrida o‘quvchilarning bilimini baholash tartibiga alohida yondashuv joriy etilishi mumkin.
Hujjat loyihasida elektron ta’lim tizimlarini ham yangi imlo qoidalariga moslashtirish belgilangan. Jumladan, elektron jurnallar, kundaliklar, ta’lim platformalari va boshqa axborot tizimlari yangi imloda ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak.
Bundan tashqari, o‘quvchilar uchun alifbo va imlodagi o‘zgarishlarni tushuntiruvchi videodarslar, infografikalar, animatsiyalar va interaktiv mashqlar tayyorlanadi.
Bolalar uchun “Alifboga sayohat” nomli bepul interaktiv mobil o‘yin-ilovasini ishlab chiqish, alifboga bag‘ishlangan musiqiy kliplar va o‘rgatuvchi ertaklar tayyorlash ham rejalashtirilgan.
Qaror loyihasida belgilangan chora-tadbirlarning aksariyati 2027-yildan boshlab amalga oshirilishi nazarda tutilgan. Eslatib o‘tamiz, hujjat hozircha jamoatchilik muhokamasida bo‘lib, undagi takliflar yakuniy qaror qabul qilinmaguncha o‘zgarishi mumkin.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Maktab darsliklari yangi alifboga o‘tkaziladi: o‘quvchilar imlosini baholashda yengillik berilishi mumkin
Fan olimpiadasi g‘oliblariga 17 mlrd so‘mdan ortiq mukofot puli topshirildi
Milliy sertifikat: natijalar bugun chiqadi, yangi imtihonga ro‘yxatga olish ertadan boshlanadi
Dars soatlari elektron platforma orqali taqsimlanadi. Pedagoglar bundan nima kutmoqda?
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Maktab bitiruvchilari uchun yagona davlat imtihoni joriy qilinishi mumkin
O‘zbekiston maktablarida o‘quvchilar bilimini baholash va yakuniy imtihonlarni tashkil etishning yangi tizimi joriy qilinishi mumkin. Taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, o‘quvchilar 4-sinfda diagnostik test, 7-sinfda kasbiy qiziqishlar diagnostikasi, 9-sinfda asosiy davlat imtihoni va 11-sinfda yagona davlat imtihonidan o‘tishi mumkin.
Yangiliklar
O‘zbekistond 12 yillik ta’lim tizimiga o‘tishning huquqiy asoslari belgilanmoqda
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida maktabgacha va maktab ta’limi tizimlari o‘rtasidagi integratsiyani ta’minlashga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
Yangiliklar
6 yoshli bolalar maktabga tayyorlov bilan to‘liq qamrab olinadi, 10 ta oliygoh Top-1000 ga kiritiladi — prezident farmoni
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2026-yil 10-noyabr kuni “Inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan milliy dasturlarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–242-son farmonni imzoladi.
Yangiliklar
Buxoroda maktab bitiruvchilarining 50 foizini texnikumlarga jalb qilish rejalashtirilmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi doirasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish va aholi turmush darajasini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda ta’lim sohasidagi ustuvor vazifalar ham belgilandi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang