Maktablarda bo‘sh sinf xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga beriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-fevral kuni yoshlar
bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqida
Kun.uz nashri xabar bermoqda.
Yig‘ilishda yoshlarni ishga joylashtirish, zamonaviy
kasb-hunarlar va tadbirkorlikka jalb etish masalalari muhokama qilingan.
O‘tkazilgan yig‘ilishda maktablardagi bo‘sh sinf
xonalari chet tili repetitorlari va o‘quv markazlari uchun bepul ijaraga
berilishi aytilgan. Shuningdek, qishloq joylardagi o‘quvchilarning o‘zlashtirishi yuqori bo‘lgan 100
ta xususiy o‘quv markazining ijara xarajatlari 6 oygacha kompensatsiya
qilinadi.
Undan tashqari xususiy kurslarda o‘qib, C1 sertifikatini
olgan yoshlarga o‘qish xarajatlari, nemis, fransuz, koreys, yapon va xitoy
tillari bo‘yicha esa B2 darajasi sertifikatini olish xarajatlari qoplab
beriladi.
Yana bir yangilik – bu yil nafaqat sertifikat olishdagi imtihon
xarajati, balki olti oylik o‘qish puli ham to‘lab beriladi.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Ta’lim jihozlari ortidagi korrupsiya fosh etildi
Ikki nafar o‘quvchi dunyoning birinchi raqamli oliygohiga o‘qishga kirdi
O‘qituvchilar ish tajribasini ommalashtirish jarayoni boshlanadi
Endi o‘qituvchilar tibbiy ko‘rigi uchun to‘lovlar davlat budjetidan qoplanadi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova maktabda dars o‘tdi
E’zoza Karimova Namangan viloyati, Davlatobod tumanidagi 48-maktabda tashkil qilingan “Kelajak soati” doirasida “Muqaddas ayol” mavzusida dars o‘tdi.
Yangiliklar
Ilxom Siradjev yangi lavozimga tayinlangandan so‘ng ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’limni isloh qilish bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlanganiga 10 kun bo‘lgan Ilxom Siradjev ilk bor jamoatchilikka ko‘rinish berdi.
Yangiliklar
Endi har payshanbada mas’ullar ta’lim tashkilotlariga borib, yoshlar bilan uchrashadi
Ayni vaqtda Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti bo‘lib o‘tyapti.
Ta'lim siyosati
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga qanday vazifalar belgilab berildi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston - 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang