Vazirlik korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligi reytingida “yaxshi” natijani qayd etdi
16:30 / 28.03.2024
4.70k
Davlat idoralarining korrupsiyaga qarshi kurashishdagi faoliyati samaradorligi reyting baholandi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi 82 ball bilan “yaxshi” natijani qayd etdi.
Bunda vazirlik huzuridagi Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi ham 81 ball bilan “yaxshi” natijaga erishgan.
Maktabgacha ta’lim agentligi esa 56 ball bilan “qoniqarli” deb topilgan. Bu haqida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini reyting baholash tizimi bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining 2023-yil davomidagi faoliyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmlar qay darajada samarali amalga oshirilgani baholandi.
Bu yil 95 ta davlat tashkiloti, jumladan, 36 ta davlat tashkiloti ilk marotaba, qolgan 59 tasi esa takroran baholashdan o‘tkazilgan bo‘lib, korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligi 0 balldan 100 ballgacha reytingda baholandi.
Baholash natijalariga ko‘ra, mazkur tashkilotlarning faoliyat samaradorligi quyidagi toifalarga ajratildi:
42 tasi “yaxshi” (81-100 ball)
38 tasi “qoniqarli” (55-80 ball)
15 tasi “qoniqarsiz” (55 balldan past)
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
11:20 / 12.05.2026
Maktab maslahatchisi lavozimiga talabalarni ishga qabul qilish boshlab yuborildi
09:30 / 10.05.2026
Prezident bunday topshiriq bermagandi: o‘qituvchilarni xorijga yuborish xarajatlari ularning bo‘yniga ilindi
13:00 / 07.05.2026
Pedagoglar malakasini oshirish tizimidagi kamchiliklar muhokama qilindi
12:00 / 07.05.2026
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
“X-variant” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilishi zarur” — tarixchilar va jamoatchilik faollari
Tarix fanidan “Milliy sertifikat” imtihonlari atrofida davom etayotgan “x-variant” mojarosi ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
12:30 / 13.05.2026
Yangiliklar
“X-variant” mojarosi davom etadi: imtihondan 2 kun oldin mavjud bo‘lgan “Yangi fayl” tahririyatga yetib keldi va undagi 31 ta test savoli imtihonda tushgani ma’lum bo‘ldi
2-aprel kuni (imtihondan 1 kun oldin) mavjud bo‘lgan yana bir fayl tahririyat ixtiyoriga kelib tushdi. Unda 72 ta savol mavjud bo‘lib, hozirgacha aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning 31 tasi 4, 5 va 7-aprel kunlari tarix fanidan bo‘lib o‘tgan “Milliy sertifikat” imtihonlarida tushgan.
12:00 / 08.05.2026
Yangiliklar
“X-variant” tarqalganiga qaramay, tarixdan milliy sertifikat natijalari e’lon qilindi
Avvalroq, aprel oyi boshida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat imtihonining savollari oldindan tarqalgani va sotilgani haqida xabar bergandik.
12:00 / 07.05.2026
Yangiliklar
“X-variant” mavzusi yana sahnada: yanvar oyida ham milliy sertifikat savollari sotilganmi?
Bu safar 2026-yil yanvar oyida o‘tkazilgan tarix fanidan milliy sertifikat test sinovlari bilan bog‘liq yangi audio, video va boshqa materiallar kelib tushdi.
09:00 / 06.05.2026
O'zbek
Izohingizni tahrirlang