8-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgani aytilmoqda
15:00 / 10.05.2024
7.09k
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi 22-maktabning 8-sinf o‘quvchisi o‘g‘il farzandli bo‘lgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Ayni vaqtda Bolalar ombudsmani mazkur holatni o‘rganib, o‘z kuzatuviga olgan.
Aniqlanishicha, Samarqand viloyatidagi maktabning 8-sinf o‘quvchisi, voyaga yetmagan (2009-yilda tug‘ilgan) P.Z. 2023-yil avgust oyida o‘ziga avvaldan tanish bo‘lgan, 2006-yilda tug‘ilgan Sh.E. bilan yaqin munosabatda bo‘lgan.
Oqibatda u homilador bo‘lgan va 2024-yil 6-may kuni shifoxonada chaqaloqni dunyoga keltirgan.
Mazkur holat yuzasidan (voyaga yetmagan qizning yoshidan kelib chiqib, ariza bilan murojaat qilinmagan bo‘lsa-da) tuman IIB tomonidan JKning 128-moddasi 1-qismi (O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Shu bilan birga, bunday toifadagi jinoyat ishi doirasida voyaga yetmagan jabrlanuvchi shaxsiga oid bo‘lgan boshqa ma’lumotlarni oshkor qilish va tarqatish qonunan taqiqlangan hamda bola manfaatlariga zid ekanligini eslatib o‘tamiz”, deyiladi Bolalar ombudsmani xabarida.
Ayni vaqtda holat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘rganilmoqda.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
09:00 / 26.05.2026
Nihoyat, pedagog xodim atamasidagi chalkashliklarga chek qo‘yilishi mumkin
12:00 / 21.05.2026
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari uchun faqat bir soat vaqt beriladi
12:00 / 19.05.2026
Prezident nomiga MMTV tizimidan 5 mingga yaqin murojaat yo‘llangan
13:00 / 18.05.2026
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 6,7 mlrd so‘mlik davlat xaridlarida qonunbuzilish holati aniqlandi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
8-sinf o‘quvchisi farzandli bo‘ldi
Ushbu maktabda o‘tgan yili ham erta tug‘uruq holati kuzatilgan. O‘shanda maktabning 10-sinf o‘quvchisi ona bo‘lgan.
06:45 / 05.03.2025
Yangiliklar
7-sinf o‘quvchisi homilador, deputat esa bunda maktab psixologlarini ham ayblamoqda
Tuman IIB tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borayotganligi aytilmoqda.
21:30 / 24.02.2024
O'zbek
Izohingizni tahrirlang