Pedagog kadrlar va o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyati tashkil etiladi
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyatini tashkil etish belgilandi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi “Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-231-sonli qarorida nazarda tutilmoqda.
Qarorga ko‘ra 2024-yil dekabr oyiga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari faoliyatini tashkil etish yuzasidan normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasida dam olish maskanlariga dam oluvchilarni qabul qilish tartibi, dam olish maskanlarining namunaviy shtatlar jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlashni nazarda tutish belgilandi.
Bunda respublikadagi 7 ta dam olish maskanlari pedagog kadrlar hamda iqtidorli o‘quvchilar uchun dam olish maskanlari sifatida qayta tashkil etilmoqda.
Jumladan, qayta tashkil etiladigan oromgohlar ro‘yxatidan Toshkent viloyatidagi “Respublika mehribonlik uyi”, Jizzax viloyatidagi “Lochin”, Qashqadaryo viloyatidagi “Gagarin”, Farg‘ona viloyatidagi “Qo‘qon nafosat”, Samarqand viloyatidagi “Qaldirg‘och”, “Xumor” hamda “Yoshlik” dam olish maskanlari joy olgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
Vazir E’zoza Karimova va uning xodimlari oqqon va saratonga chalingan bolalar chizgan rasmlarni yuqori narxda sotib oldi
20-iyundan 1-sinfga qabul jarayonlari boshlanadi
8 oydan buyon maktabga bormagan o‘quvchilar diniy ta’lim olayotgani ma’lum bo‘ldi
Vazirlik ixtisoslashtirilgan maktab direktori o‘rinbosarlariga menejerlik sertifikati uchun ustama to‘lash bo‘yicha ko‘rsatma berdi
Mavzuga doir yangiliklar
Yangiliklar
Endilikda har yili o‘qituvchi va o‘quvchilarga sanatoriyaga 12 kunlik yo‘llanma beriladi
Vazirlik tizimidagi dam olish maskanlariga vazirlik tizimi xodimlari, jumladan, pedagog kadrlar hamda davlat umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarining (7-14 yosh) iqtidorli o‘quvchilarini qabul qilish tartibi belgilandi.
Yangiliklar
Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovi kengaytiriladi
Oromgohlar o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.
O'zbek
Izohingizni tahrirlang