Keniyada maktabdagi yong‘inda 17 o‘quvchi halok bo‘ldi
Keniya markazidagi boshlang‘ich maktab-internatda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 17 nafar o‘quvchi halok bo‘ldi.
“Biz yong‘inda 17 o‘quvchini yo‘qotdik, 14 nafari jarohat oldi. Ayni damda jamoamiz voqea joyida”, deydi rasmiylar.
Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in o‘quvchilarni tanib bo‘lmas darajada kuydirib yuborgan. Hozirda ma’murlar maktabni o‘rab olgan.
Mamlakat Prezidenti Uilyam Ruto tegishli organlarga ushbu dahshatli voqeani har tomonlama tekshirishni va aybdorlarni javobgarlikka tortilishini buyurgan.
Ma’lumot uchun, so‘nggi yillarda Keniyada bir qator maktab yong‘inlari sodir bo‘ldi va ularning aksariyati o‘t qo‘yish orqali kelib chiqqan. Xususan, 2001-yil Nayrobi yaqinidagi Kyanguli o‘rta maktabi yotoqxonasida sodir bo‘lgan yong‘in 58 nafar o‘quvchi umriga zomin bo‘lgan.
2012-yilda Keniya g‘arbidagi Xoma-Bey okrugidagi maktabda sakkiz nafar o‘quvchi ayni sabab bilan vafot etgan.
Izohlar 0
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting!
Yangiliklar
3 yil avval noqonuniy ishdan bo‘shatilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xodimi qayta ishga tiklandi
Farg‘onada ikki nafar voyaga yetmagan bola suvda cho‘kib, vafot etdi
3 ta maktab jamoasiga “Damas” va pul mukofotlari berildi
O'zbek
Izohingizni tahrirlang